Temurjon Xayrullayevich Nosirov (1941-yil 25-iyun, Toshkent viloyati, Zangiota tumani – 2024-yil 12-noyabr Oʻzbekiston) – energetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Texnika fanlari doktori (1989), professor (1990), Toshkent politexnika institutini tugatgan (1963). Shu institutda dotsent, professor (1963 —95); „Elektr stansiyalari“ kafedrasining mudiri (1980-95), 1995-yildan „Oʻzbekiston energomarkazi“ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professor, „Elektroenergetika“ yoʻnalishining ilmiy rahbari. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bagʻishlangan.
Vafoti
Nosirov 2024-yil 12-noyabr kuni 83 yoshida vafot etgan .
Manbalar
Adabiyotlar Lineynie raschetnie modeli setey elektricheskix sistem, T., 1982; Osnovi teorii i rascheta ustanovivshixsya rejimov elektricheskix sistem, T., 1985; Ustanovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya, T., 1999.
Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:25-iyunda tugʻilganlar Turkum:Zangiota tumanida tugʻilganlar Turkum:Zangiota tumani kishilari Turkum:Toshkentda tahsil olgan talabalar Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Professorlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:12-noyabrda vafot etganlar