thumb|298x298px|Nuriddinov Akmal Voxobjonovich Nuriddinov Akmal Vahobovich – Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, rangtasvir ustasi. 1959-yil 27-fevralda Namangan viloyati, Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy.
Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademigi (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (2003), Davlat mukofoti laureati (2001), Fidokorona xizmatlari uchun ordeni soxibi (2019). Yaponiya imperatorining Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli boʻyin tasmasi ordeni bilan taqdirlangan (2024).
Mehnat faoliyati 1974 – 1978 yillarda P.Benkov nomli Respublika rassomlik bilim yurti talabasi. 1984 – yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1984 – 1989 yillarda Badiiy akademiya ijodiy ustaxonasi rassomi. 1985 – 1986 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. 1989 – 2002-yillar – Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom. 2002 – 2004 yillarda Oʻzbekiston Milliy banki galereyasi direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2004 – 2012 yillarda Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom 2012-yildan hozirgi vaqtga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori (oʻrindoshlik asosida). 2012-yildan beri Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritadi.
Ijodi Akmal Nuriddinovr lirik-romantik va falsafiy-tahliliy uslubda taʼsirchan kartinalar yaratgan mamlakatimizning yetakchi rassomlaridan biridir. 1990-yillardan boshlab sevgi mavzusi Akmal Nuriddinov ijodida asosiy mavzuga aylandi. Bu vaqtda uning uslubida oʻzgarishlar yuz bera boshladi. 1980-yillarning oxiridagi maʼyus rasmlarning estetikasi oʻz oʻrnini lirik ohangdagi rasmlarga beradi. Sharq klassiklari ham, zamonaviy oʻzbek adiblarining lirikasi ham uning asarlaridagi goʻzal plastiklik bilan birga keladi. Ularning intonatsion spektrida baxtiyorlik kayfiyati va javobsiz sevgi hamda ajralish haqidagi anʼanaviy „nola“ birga yashaydi. Rassom Sharq sheʼriyati va xalq ogʻzaki ijodining turli ramziy va allegorik obrazlaridan foydalanadi – bular anor va olma mevalari, oy yoki yarimoy, daryo, baliq, qayiq va hokazo.
Akmal Nur ijodida ez-gulik va yovuzlik, yorugʻlik va zulmat toʻqnashuvi va bunda ezgulik va yorugʻlikning tantanasi, maʼnaviy qadri-yatlar tarannum etiladi, mustaqillik olib kelgan oʻzgarishlar, muhabbat, oilaviy baxt-saodat, insof va diyonat oʻz aksini topdi.
Asarlari: "Hayot boshlanmoqda" uchligi, „Umid bulogʻi“, „Ajdodlar nazari“ (1987); „Kushan qishlogʻi“, „Tong“, „Kushan afsonasi“ (1988); „Oila“ (1990); „Darvish“, „Shahar taqdiri“, „Tun va kun“, „Unutilgan qadriyatlar“, „Shirin tush“ (1992); „Tojmahal“, „Muhabbat bogʻi“ (1993); „Ishq olmasi“, „Tun va kun. Zulmat va Ziyo“ (1995); „Jayxun“, „Fikr parvozi“ (1996); „Tavhid“ (1997); „Rishton natyurmorti“, „Ilhom pariyey“ (1998); „Muhabbat vodiysi“, „Armon“ (2000); „Oy ustidagi pari“ (2001); „Jannat uchligi“, „Ona“ (2003) va boshqa
Koʻrgazmalari +YilNomiShaharDavlat1987Butunittifoq badiiy koʻrgazmasiMoskvaRossiya1988SSSR Badiiy akademiyasining koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston1988SSSR Badiiy akademiyasining koʻrgazmasiLeningradRossiya1988"23 lar uyushmasi" koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston1989"23 lar uyushmasi" koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston1989"23 lar uyushmasi" koʻrgazmasiSamarqandOʻzbekiston1989Xalqaro koʻrgazmaSkopleYugoslaviya1990Shaxsiy koʻrgazmaToshkentOʻzbekiston1990Oʻzbekiston rassomlarining guruh koʻrgazmasi,Devidson galereyasiSietlAQSH1991shaxsiy koʻrgazmaRabatMarokash1991shaxsiy koʻrgazmaGaagaGollandiya1992"23-lar uyushmasi" koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston1992shaxsiy koʻrgazmaToshkentOʻzbekiston1992Shaxsiy koʻrgazma, Sanʼat merosi galereyasiDehliHindiston1995Shaxsiy koʻrgazma, „Ilhom“ teatr-studiyasiToshkentOʻzbekiston1995Shaxsiy koʻrgazmaMyunxenGermaniya1996Respublika koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston1996"Habitat-2" Xalqaro koʻrgazmasiIstanbulTurkiya1997Oʻzbek rassomlarining guruh koʻrgazmasiDetinxaymGollandiya1998Oʻzbekiston rassomlarining guruh koʻrgazmasiKyolnGermaniya1999"Men sevgi diniga eʼtiqod qilaman" shaxsiy koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston2000Jahon bankida oʻzbek rassomlarining guruh koʻrgazmasiVashingtonAQSH2001Shaxsiy koʻrgazmaDetinxaymGollandiya2006ShHT mamlakatlari Xalqaro koʻrgazmasiXanchjouXitoy2007shaxsiy koʻrgazma, Sovkom galereyasiMoskvaRossiya2014"Tuygʻular va orzular" shaxsiy koʻrgazmasiToshkentOʻzbekiston Asarlari Oʻzbekistonda – Toshkent shahrida: Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Koʻrgazmalar direktsiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy bankida, Oʻzbekiston Invest bankida; A.Ikromov nomidagi Samarqand davlat tarixiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasida, Urganch rasm galereyasida; xorijda – Zamonaviy sanʼat muzeyida (Yugoslaviya), Sietldagi Devidson galereyasida (AQSh), Art Heritage galereyasida va Lalit Kala akademiyasida, Dehlida (Hindiston), Credit Suisse Bankda (Shveysariya), shuningdek Gollandiya shaxsiy kolleksiyalarida, Germaniya, Belgiya, Avstraliya, AQSh, Isroil, Kanada, Marokash, Hindiston, Turkiya, Shveysariyada joylashgan.
Akmal Nur 1987-yildan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda asarlari bilan ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:27-fevralda tugʻilganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari