Oltinkon — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1966-yilgacha Chodakbosh qishlogʻi). Tuman markazi(Pop shahri)dan 46 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Pop (50 km).Anger-Pop temiryo`l shu shaharchadan o`tgan. Aholisi 3,6 ming kishi (2003). Asosan, ishchi va xizmatchilar. Shaharchada maktab-internat, qoʻshma korxona, klub, kutubxona, mehmonxona, kasalxona, dorixona, tibbiy punkt, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aholisi 1970 1979 1989 1330 2046 2006
Manbalar
Turkum:Pop tumanidagi shahar tipidagi aholi punktlari