Oftobachi — Oʻrta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Masalan, Buxoro xonligi (XVIII asr)da Mirza Bade devonning „Majma ul-arqom“ asarida koʻrsatilishicha, Oftobachi maxram — amir qoʻl yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli shaxs; saroyga kelgan mehmonlarga ham Oftobachi xizmat qilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar