Palma, Palma-demalorka — Ispaniyadagi shahar, Malorka o. (Balear o.lari)da. Balear Orollari viloyati va Baleares provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 319,1 ming kishi (1998). Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, kemasozlik, oynashisha sanoati korxonalari, universitet bor. Gilam ishlab chiqariladi. Shaharga III asrda asos solingan. XIII—XV asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. P. va uning atrofi dengiz iqlim kurorti. Turizm markazlaridan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari Turkum:Ispaniya shaharlari