Petyofi (Petofi ) Shandor (1823-yil, 1-yanvar, Kishkyoryosh — 1849.31.7, Fexeredxaza) — venger shoiri. Lirikasida vatanparvarlik, oddiy xalq turmushi haqidagi qaygʻusi yetakchi oʻrinda. "Yanosh botir" epik dostoni (1844)da jasur, oliyjanob dehqon yigitining qiyinchiliklarni yengib, maqsadga yetishuvi tasvirlangan. "Yoʻlbars va sirtlon" (1845) dramasi, "Jallodning arqoni" romani (1846), "Saroy va kulba" (1847), "Havoriy" (1848) dostonlari va boshqa asarlarida isyonkor shoir tuygʻulari, mehnatkash xalqning orzu, intilishlari aks etgan. "Yanosh botir" (1965) dostoni, "Tanlangan asarlari" (1973) oʻzbek tiliga tarjima qilinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1823-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1849-yilda vafot etganlar Turkum:31-iyulda vafot etganlar