POLIAKRILONITRIL [-SN2-—CH(CN)—]n— akrilonitrilning oq rangli chiziqli polimeri. Mol. m. (30— 100)-103; zichligi 1140–1170 kg/m’. Yumshash temperaturasi 220—230°. Odatdagi erituvchilar, yogʻlar taʼsiriga chidamli. Dimetilformamid, dimetilatset-amid, etilen- va propilenkarbonat, konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalarda eriydi. Atmosfera sharoi-tiga va yorugʻlik taʼsiriga chidamli. Sanoatda P. akrilonitrilni geterogen (suvli dispersiyada) yoki gomogen (eritmada) radikal polimerlash usuli bilan olinadi. Ishlab chiqarilgan P.ning asosiy qismi poliakrilonitril tolalar olishga ketadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar