Rasul mirzo (taxallusi; asl ism-sharifi Rasul Ibrohim oʻgʻli Rzayev) [1910.6 (19).5, Geokchey sh. — 1981, Boku] — Ozarbayjon xalq shoiri (1960). Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1980). Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—1939), Ozarbayjon Kinematografiya vaziri (1945—1949), Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi bosh muharriri (1965—1975). „Germaniya“, „Karmen“, „Tuxta, jallodlar!“ sheʼrlarida xalqning fashizmga, mustamlakachilikka qarshi kurashi aks etgan. „Oʻlmas qahramonlar“, „Baxtiyor“ (1942), „Gʻazab va sevgi“ (1943), „Davomli aks sado“ (1970), „Shamolga karshi“ (1978) sheʼr va dostonlar tuplami, „Layli va Majnun“ (1973) dostoni, „Vafo“ (1943), „Ogʻalar“ (1956), „Qonun“ (1963) kabi pyesa va ocherklar muallifi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Gallery

Manbalar

Turkum:Ozarbayjonlik shoirlar Turkum:Ozarbayjon xalq shoirlari Turkum:Ozarbayjon tarjimonlari Turkum:Ozarbayjon kommunistlari Turkum:Ozarbayjon ateistlari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Sovet yozuvchilari