Ilya Yefimovich Repin ( – 29-sentyabr 1930) Rossiyaning taniqli rassomi boʻlib, hozirgi Ukraina hududida tugʻilgan. U XIX asrda Rossiyaning eng mashhur rassomlaridan biriga aylangan. Uning asosiy asarlari orasida Volga boʻyidagi kemalarni tortuvchilar (1873), Kursk viloyatidagi diniy marosim (1880–1883), Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan (1885); va Zaporojye kazaklarining javobi (1880–1891) kabilar bor. U shuningdek, oʻz davrining yetakchi rus adabiyot va sanʼat arboblari, jumladan Mixail Glinka, Modest Mussorgskiy, Pavel Tretyakov va ayniqsa uzoq yillik doʻstlik munosabatlariga ega boʻlgan Lev Tolstoyning portretlarini chizganligi bilan ham tanilgan.

Repin Chuguevda, Rossiya Imperiyasida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. Uning otasi Rossiya armiyasining Uhlan polkida xizmat qilgan, keyin otlar sotgan. Repin 16 yoshida ikonalar chizishni boshlagan. U Sankt-Peterburgdagi Imperator Badiiy sanʼat akademiyasiga kirish imtixonlarida birinchi urinishida muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo 1863-yilda shaharga borib, darslarda qatnashgan va 1869 va 1871-yillarda ilk mukofotlarini qoʻlga kiritgan. 1872-yilda Volga boʻylab sayohatdan soʻng, u Sankt-Peterburgdagi Sanʼat akademiyasiga oʻz chizmalarini taqdim etgan. Buyuk gertsog Aleksandr Aleksandrovich unga „Volgadagi kemalarni tortuvchilar“ katta hajmdagi rasmini yaratish uchun buyurtma bergan, bu uning rassomchilik faoliyatini boshlab bergan. U Parij va Normandiyada ikki yil yutiib, birinchi impressionist koʻrgazmalarini tomosha qilgan va ochiq havoda rasm chizish texnikasini oʻrganganIlya Repin- Peindre l'âme Russe, Claude Pommereau (muharrir), Beaux Arts Editions, Parij, 2021-yil oktyabr, b. 15 (fransuzcha).

1885-yilda Ivan Grozniyning oʻz oʻgʻlini gʻazablanib oʻldirishi tasvirlagan tarixiy portreti katta janjalga sabab boʻlib, rasm koʻrgazmadan olib tashlangan. Bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin, Repin bir qator katta yutuqlar va yangi buyurtmalar olishni boshgan. 1898-yilda ikkinchi xotini bilan Finlandiyaning Kuokkala shahrida (hozirgi Repino (Sankt-Peterburg)), Sankt-Peterburg yaqinida „Penates“ nomli qishloq uyini sotib olgan.

1905-yilda imperator hukumati koʻcha namoyishlarini bostirgandan soʻng, Ilya Repin Badiiy sanʼat akademiyasidagi oʻqituvlik lavozimidan ketgan. U 1917-yilgi Fevral inqilobini qoʻllab-quvvatlagan, ammo Oktyabr inqilobidan keyin bolsheviklar tomonidan qoʻllangan zoʻravonlik va terrordan dahshatga tushgan. 1917-yilda Rossiya Finlandiya Buyuk Gersogligi ustidan nazoratni yoʻqotgan, bu Finlandiyaning toʻliq mustaqilligiga erishshishga zamin yaratgan. Bu voqeadan soʻng, Ilya Repin 1925-yilda oʻz asarlari koʻrgazmasida ishtirok etish uchun ham Sankt-Peterburg (Leningrad deb oʻzgartirilgan)ga borish imkoniyatiga ega boʻlmagan. Repin 1930-yil 29-sentyabrda, 86 yoshida vafot etgan va Penatesda dafn etilgan. Uning uyi endilikda muzey sifatida saqlanmoqda va YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti hisoblanadiIlya Repin- Peindre l'âme Russe, Claude Pommereau (muharrir), Beaux Arts Editions, Parij, 2021-yil oktyabr, b. 15-17 (fransuzcha).

Galereya

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Jackson, David, The Russian Vision: The Art of Ilya Repin (Schoten, Belgium, 2006) Karageorgevich, Prince Bojidar, "Professor Repin," in the Magazine of Art, xxiii. p. 783 (1899) Prymak, Thomas M., "A Painter from Ukraine: Ilya Repin," Canadian Slavonic Papers, LV, 1–2 (2013), 19–43. Prymak, Thomas M., "Message to Mehmed: Repin Creates his Zaporozhian Cossacks," in his Ukraine, the Middle East, and the West (Montreal and Kingston: McGill-Queen's University Press, 2021), pp. 173–200. Шишанов, В.А. «Ниспровержение на пьедестал»: Илья Репин в советской печати 1920–1930-х годов / В.А. Шишанов // Архип Куинджи и его роль в развитии художественного процесса в ХХ веке. Илья Репин в контексте русского и европейского искусства. Василий Дмитриевич Поленов и русская художественная культура второй половины XIX – первых десятилетий XX века : материалы научных конференций. – М. : Гос. Третьяковская галерея, 2020. – С. 189–206. Ilya Repin Rossiya Badiiy Akademiyasi rasmiy veb-saytida Ilya Repin Veb sanʼat galereyasida

* Turkum:Rossiya kishilari Turkum:Rektorlar