Rojiy Margʻiloniy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoʻjajon Xoʻja Nizomiddin Xoʻja oʻgʻli, 1834-yil – Margʻilon – 1918-yil) – shoir.
Hayoti Rojiy 1834-yili Margʻilonda tugʻilgan. Qoʻqon va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xushxat va savodxon boʻlganligi uchun mirzalik, muallimlik va kotiblik qilgan. Shoirning adabiy merosi 10 ming misraga yaqin: ular gʻazal, muxammas, masnaviy, muammo, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fard, taʼrix kabi adabiy janrlarda bitilgan. Rojiy lirik sheʼrlarida pok insoniy sevgini, olijanob fazilatni ulugʻlaydi, zulm va adolatsizlikdan noliydi. „Qozi saylov“, „Saylov“ hajviyalarida amaldorlarni, poraxoʻr qozilarni tanqid qiladi, oʻz davri saylovining mohiyatini ochib beradi. „Toy“, „Toychoq“ kabi masnaviylarida mustamlakachilik zulmi ostida qashshoqlashgan xalqning turmushini, ochlik, muhtojlik hukm surayotgan muhitni qoralaydi. Rojiy Dukchi eshon qoʻzgʻoloni haqida ham sheʼrlar yozgan. Hofiz, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Nodira va Furqat kabi shoirlarning gʻazallariga nazira va taxmislar bitgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Fargʻona madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Qoʻqon madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar Turkum:1834-yilda tugʻilganlar Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar Turkum:1918-yilda vafot etganlar Turkum:Margʻilonda vafot etganlar