Ronald Ross (1857.13.5, Almora, Hindiston — 1932.16.9, London) — angliyalik parazitolog, mikrobiolog va vrach. London qirollik jamiyati aʼzosi. Londondagi tibbiyot maktabini tugatgan (1879). 1881–99 yillarda Hindistonda ishlagan. Bezgak chivinini oʻrganish boʻyicha Gʻarbiy Afrikaga uyushtirilgan ingliz tibbiyot ekspeditsiyasi rahbari (1899), 1926-yildan tropik kasalliklar instituti direktori. Bezgaknp anofeles urugʻiga mansub chivinlar tarkatishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1902)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1857-yilda tugʻilganlar Turkum:13-mayda tugʻilganlar Turkum:1932-yilda vafot etganlar Turkum:16-sentabrda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari