thumb|200px|right|Eero Saarinen
SAARINEN (Saarinen) Ero (1910.20.8, Rantasalmi, Finlandiya — 1961.1.7, AQSH) — amerikalik meʼmor, Eliyel Saarinenning oʻgʻli. 1923-yildan AQShda yashagan. NyuXeyven (Konnektikut shtati)dagi Yelsk universitetining meʼmorlik fakultetini tugatgan (1934). Otasining oʻlimidan soʻng Uorren (Michigan shtati)dagi „Jeneral motors“ kompaniyasi texnik markazining loyihasini tugatgan (1948— 56, hamkorlikda). Asosiy loyihalari: Kembrijdagi Garvard universiteti kapellasi (1955), NyuYorkdagi Kennedi aeroportining TWA kompaniyasiga qarashli aerovokzali (1958) va boshqa Saarinenning meʼmorlik boʻyicha qilgan izlanishlaridagi ramziy obrazlilik XX asrning 60—70yillaridagi AQSH meʼmorligi rivojiga taʼsir etdiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:AQSh kishilari Turkum:Qoʻshma Shtatlar fuqaroligini olganlar