Sanksiya (lot. sanctio — qatʼiy qaror) soʻzi avto-antonim boʻlib, quyidagilardan birini anglatishi mumkin:

Ruxsat maʼnosida Yuqori instansiyaning biror narsani tasdiqlashi, ijozati; Jinoyatda gumon qilingan shaxsga nisbatan majburiy chora (qamoqqa olish, tintuv va boshqalar) koʻrish uchun prokuror tomonidan beriladigan ruxsat.

Chora maʼnosida Iqtisodiy sanksiya — bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllangan jazo. Sanksiya (huquqshunoslik) — huquqbuzarga nisbatan qoʻllaniladigan va uning uchun muayyan oqibatlar keltiruvchi chora. Xalqaro sanksiya — oʻz xalqaro majburiyatlarini yoki xalqaro huquq normalarini buzgan davlatga nisbatan qoʻllaniladigan taʼsir chorasi.