Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov (1915-yil 10-sentyabr, Andijon viloyati Shahrixon – 1995-yil 17-dekabr Toshkent) – matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Mehnat Qahramoni (1990). Fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942)Osnovi teorii protsessov Markova, M., 1954; Topologicheskiye algebri Bulya, T., 1963 (v soavtorstve); Haqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1968; Topologicheskiye polupolya i teoriya veroyatnostey, T., 1969..
Yoshligi va taʼlimi Sarimsoqov 1915-yilda Shahrixonda oʻzbek oilasida tugʻilgan, 1931-yilda Qoʻqon shahridagi rus oʻrta maktabini tamomlagan; soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetiga oʻqishga kirdi. U yerda u Vsevolod Romanovskiyning birinchi shogirdlaridan biri edi. 1936-yilda universitetning fizika-matematika fakultetini tamomlagach, universitetda qolib, u yerda aspiranturada tahsil oldi. Shu bilan birga assistent va dotsent lavozimlarida ham ishlagan. Qizil Armiya safida qisqa muddatli xizmatni oʻtab, 1942-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish uchun universitetga qaytib keldi. Oʻsha yili u fan doktori ilmiy darajasini oldi.
1944-yilda Kommunistik partiyaga aʼzo boʻlib, SSSR Oliy Kengashining uchinchi chaqiriq deputati boʻlib ishlagan.
Faoliyati 1943-yilda u oʻz universitetining rektori boʻldi va bu lavozimda 1944-yil iyungacha ishladi. 1943-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashkil etilganda uning vitse-prezidenti boʻldi. 1947-yilda u uning prezidenti boʻldi va 1952-yilgacha bu lavozimni egalladi. Keyin yana Oʻrta Osiyo davlat universiteti rektori lavozimiga qaytdi va 1958-yilgacha shu yerda ishladi. 1959—1971-yillarda Oʻzbekiston SSR oliy taʼlim vaziri boʻlib ishlagan, 1960-yilda Toshkent Davlat universitetiga rektori lavozimiga qaytgan. 1983-yilda yana Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasiga ishga qaytdi, 1988-yilda esa Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumining maslahatchisi boʻldi. Uning asosiy oʻrganish yoʻnalishlari ehtimollik, statistika va funksional tahlil edi. Faoliyati davomida u 170 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. Uning bir jinsli boʻlmagan Markov zanjirlari nazariyasi boʻyicha ishi zamonaviy akademik maqolalarda keltirilgan. Mehnatlari uchun 1990-yil 3-aprelda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi boʻlib ishlagan. 1995-yil 18-dekabrda Toshkentda vafot etgan.
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1990-yil 3-aprel) Toʻrtta Lenin ordeni (1946-yil 23-yanvar, 1950-yil 16-yanvar, 1961-yil 15-sentyabr, 1990-yil 3-aprel) Uchta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 4-noyabr, 1957-yil 11-yanvar, 1971-yil 9-sentyabr) "Shon-sharaf belgisi" ordeni (1965-yil 1-mart) Oktyabr inqilobi ordeni (1975-yil 3-oktyabr) "Mehnatdagi jasorat uchun" medali (1951-yil 6-noyabr) "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2002) Stalin mukofoti (1948) Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti (1967) Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960).
Manbalar
Havolalar warheroes.ru Pravda Vostoka (01.03.1950)
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston matematiklari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 10-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar