Frederick Sanger (; 13-avgust 1918, Rendkomb — 19-noyabr 2013, Kembrij) ingliz biokimyogari boʻlgan. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1954-yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1939). 1951-yildan Tibbiyot tadqiqotlari kengashi aʼzosi va shu kengashning molekular biologiya laboratoriya rahbari boʻlgan. Asosiy ilmiy ishlari oqsillar kimyosiga oid. Insulinning tuzilishini (1945-yildan) tekshirish natijasida uning umumiy formulasi — C254H337N65O75S6, 3 ta sulfid koʻprik va 2 ta zanjirdan iboratligini: A zanjir 21 ta, B zanjir esa 30 ta aminokislota qoddigʻidan tashkil topganligini isbotlagan (1949—54). DNKning birlamchi strukturasini tahlil qilish usulini taklif etgan (1977). Ikki karra Nobel mukofoti laureati (1958; 1980, Paul Berg, Walter Gilbert bilan hamkorlikda).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Sanger 2013-yil 19-noyabrda Kembrijdagi Addenbrooke kasalxonasida vafot etdi.http://www.theaustralian.com.au/news/health-science/double-nobel-winning-father-of-genomics-frederick-sanger-dies/story-e6frg8y6-1226764909552The Telegraph: Frederick Sanger, OM (accessed 20-noyabr 2013-yil)

Manbalar

Havolalar Sanger universiteti

Turkum:Kimyogarlar Turkum:Fiziklar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari