Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (; 1918-yil 28-sentyabr; Kirovograd, Ukraina – 1970-yil 2-sentyabr; Kirovograd, Ukraina SSR, SSSR) — pedagog, ukrain hamda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. RSFSR (1957), SSSR (1968) Pedagogika Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni (1968).

Hayoti Poltava pedagogika institutini tugatgan (1939). 1947-yildan umrining oxirigacha Kirovograd viloyatining Pavlish qishlogʻidagi maktab direktori. “Bolalarga jonim fido” (1969), “Fuqaroning tugʻilishi” (1970), “Tarbiya toʻgʻrisida” (1973) kabi asarlarida boshlangʻich maktab, oila tarbiyasi nazariyasi va metodikasi, oʻquvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mehnatga munosabat, pedagogik mahorat boʻyicha tadqiqotlar olib borgan, pedagogikada insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda vafot etganlar Turkum:2-sentabrda vafot etganlar Turkum:28-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Pedagoglar