Tvist (ing. twist — aylanish) — zamonaviy raqs, roknroll shakllaridan. Tez surʼat, aniq ritm, 4/4 oʻlchovi bilan ajralib turadi. 1960y.lar boshidan amerikalik habash estrada xonandasi va raqqos Ch. Cheker ijrosidagi "The Twist" (X. Bellard musiqasi, 1960) qoʻshigʻi orqali mashhur boʻlib, 1970y.larda koʻpgina mamlakatlar yoshlari orasida ommaviylashgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Tvist · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.