Trombotsitlar yoki qon plastinkalari — qonning tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, ularning asosiy vazifasi qon ivishi omillari bilan birgalikda qon tomiri shikastlanganda yuzaga keladigan qon ketishini toʻxtatish uchun tromb (qon laxtasi) hosil qilishdir. Trombotsitlar yadroga ega emas. Ular suyak iligida yoki o‘pka toʻqimalarida joylashgan megakariositlarning sitoplazma boʻlaklaridan hosil boʻlib, keyinchalik qon aylanish tizimiga oʻtadi. Trombotsitlar faqat sutemizuvchilarda uchraydi. Boshqa umurtqalilarda (masalan, qushlar va amfibiyalarda) trombotsitlar oʻrniga yadroli agranulotsit hujayralar qon oqimida aylanadi. thumb|Ligandlar (L harfi bilan belgilangan) trombotsitlar §ga jarohatlangan joy (A nuqta) tomon harakatlanish uchun signal beradi. Jarohat atrofida koʻproq trombotsitlar toʻplangan sari ular javob reaksiyasini kuchaytirish uchun yanada koʻproq ligandlar ishlab chiqaradi. Trombotsitlar qon oqimini toʻxtatish maqsadida jarohat atrofida toʻplanib, tiqin hosil qiladi. Trombotsitlarning asosiy vazifalaridan biri gemostaz, yaʼni qon tomiri devorining ichki qavati (endoteliy) shikastlangan joyda qon ketishini toʻxtatish jarayonida ishtirok etishdir. Trombotsitlar shikastlangan joyga toʻplanib, tomirdagi uzilishni berkitadi. Avval ular shikastlangan endoteliy tashqarisidagi moddalarga yopishadi (adgeziya). Keyin shaklini oʻzgartirib, retseptorlarini faollashtiradi va kimyoviy signal moddalarini ajratadi (aktivatsiya). Soʻngra ular bir-biri bilan bogʻlanib toʻplanadi (agregatsiya). Trombotsitar tiqin hosil boʻlishi (birlamchi gemostaz) qon ivishi kaskadining faollashuvi bilan bogʻliq boʻlib, natijada fibrin hosil boʻladi va mustahkam ivindi shakllanadi (ikkilamchi gemostaz).
Qon ivishida ishtirok etishdan tashqari, trombotsitlar tarkibidagi sitokinlar va oʻsish omillari yara bitishi hamda shikastlangan toʻqimalarning tiklanishiga yordam beradi. Shuningdek, ular organizmning tugʻma va orttirilgan immun javoblarida ham muhim rol oʻynaydi. Atamasi
Trombotsit (laxta hujayrasi) atamasi XX asr boshlarida qoʻllanila boshlagan va baʼzan trombotsitlar uchun sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq ilmiy adabiyotlarda u odatda trombotsitlarga oid boshqa atamalarning oʻzagi sifatida qoʻllanadi (masalan, trombotsitopeniya — trombotsitlar sonining kamayishi). Aslida, trombotsit atamasi sutemizuvchi boʻlmagan umurtqalilar qonida uchraydigan bir yadroli hujayralar uchun toʻgʻri hisoblanadi. Ular trombotsitlarning funksional ekvivalenti boʻlsa-da, suyak iligidagi megakariositlarning sitoplazmatik boʻlaklari emas, balki yaxlit hujayralar sifatida qon aylanishida harakatlanadi.
Baʼzi hollarda tromb va qon laxtasi atamalari tarkibidan qatʼi nazar (oq, qizil yoki aralash) bir-birining oʻrnida ishlatiladi. Boshqa hollarda esa ular normal va patologik laxtalanishni farqlash uchun qoʻllanadi: tromb fiziologik gemostaz natijasida hosil boʻladi, tromboz esa patologik va ortiqcha laxtalanish jarayonidir. Yana bir talqinda tromb jarayon natijasi, tromboz esa jarayonning oʻzi hisoblanadi.
Tuzilishi
Trombotsit tuzilishi jihatidan tashqi qismidan markaziga tomon toʻrtta zonaga boʻlinadi:
Periferik zona — trombotsitlarning yopishishi, faollashishi va agregatsiyasi uchun zarur boʻlgan glikoproteinlarga boy. Masalan, GPIb, GPVI va GPIIb/IIIa. Sol-gel zona — mikronaychalar va mikrofilamentlarga boy boʻlib, trombotsitlarning disk shaklini saqlab turadi. Organoidlar zonasi — trombotsit granulalariga boy. Alfa-granulalarda V omil, VIII omil, fibrinogen, fibronektin, trombotsitlardan kelib chiqqan oʻsish omili va xemotaktik omillar mavjud. Delta-granulalar yoki zich tanachalar tarkibida esa ADP, kalsiy va serotonin boʻlib, ular trombotsitlarni faollashtiruvchi vositachilar hisoblanadi. Membranali zona — megakariositlarning silliq endoplazmatik toʻridan hosil boʻlgan zich naychali tizimdan iborat. Ushbu tizim tromboksan A2 sintezi uchun masʼul boʻlib, uning ajralib chiqishiga yordam beradi.
Shakli
Qon aylanishidagi faollashmagan trombotsitlar ikki tomoni qavariq disk (linza) shakliga ega. Ularning diametri odatda 2–3 mkm ni tashkil qiladi.
Faollashgan trombotsitlar yuzasida esa koʻplab membrana oʻsimtalari paydo boʻladi.
Rivojlanishi
Megakariositlar va trombotsitlar hosil boʻlishi trombopoetin gormoni tomonidan boshqariladi. Ushbu gormon buyrak va jigarda ishlab chiqariladi. Har bir megakariosit oʻz hayoti davomida 1 000–3 000 ta trombotsit hosil qiladi. Sogʻlom katta yoshli odam organizmida kuniga oʻrtacha 1011 ta trombotsit ishlab chiqariladi. Zaxira trombotsitlar taloqda saqlanadi va simpatik nerv tizimi taʼsirida taloq qisqarganida qon oqimiga chiqariladi.
Qon aylanishidagi trombotsitlarning oʻrtacha yashash muddati 8–9 kunni tashkil etadi. Trombotsitlarning umr davomiyligi Bcl-xL oqsili bilan bogʻliq ichki apoptotik mexanizmlar tomonidan nazorat qilinadi. Qarigan trombotsitlar fagotsitoz orqali taloq va jigarda parchalanadi.
Manbalar
Turkum:Hujayralar Turkum:Qon