Xoja Saʼduddin, Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Joʻybor xojalaridan, Buxoro shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint oʻgʻli. Otasi vafoti (1563)dan soʻng uning oʻrniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ulislomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X.S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʻl urmagan. X.S.ga "Qutblar qutbi" va "Sayyidlar panohi" unvonlari berilgan.
X.S. otasi kabi katta yersuv va koʻchmas mulk egasi boʻlgan. Abdullaxon II unga Badaxshondagi Arxang viloyati va Koʻlobdagi Vaxshni hadya etgan.
Adabiyot Ahmedov B., Tarihdan saboqlar, T., 1994; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001.
Turkum:Kishilar Turkum:Tarixiy shaxslar Turkum:Soʻfiylik Turkum:1531-yilda tugʻilganlar Turkum:1589-yilda vafot etganlar