Xurshid Doʻstmuhammad (1951-yil 8-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, Filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimihttps://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat.
Faoliyati Hayoti va ish faoliyati Xurshid Nabiyevich Doʻstmuhammedoc 1951-yil 8-yanvarda Toshkent shahri Olmazor tumani Guzarboshi mahallasida tugʻilgan. 1969-1973-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tahsil olgan. 1973—1978-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti hamda 1978—1984-yillarda Fan va turmush jurnalida muharrir va boʻlim muharriri, 1984—1986-yillarda „Selskaya pravda“ – „Qishloq haqiqati“ gazetasida muxbir, 1986—1995-yillarda Yosh kuch jurnalida boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir kabi lavozimlarda, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondining hamraisi, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1997—2002-yillarda „Hurriyat“ gazetasida bosh muharrir, 2002—2005-yillarda "Oʻzbekiston matbuoti" jurnali bosh muharriri, 2005—2007-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari va Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi, 2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetining audiovizual jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hisoblanadi. 2015-yildan boshlab yozuvchi nafaqaga chiqqan. Hozir erkin ijodkor sifatida ijodiy faoliyatini davom ettirmoqda. Ijodiy faoliyati Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. Dastlabki kitobi – 1989-yilda „Hovli etagidagi uy“ nomi bilan nashrdan chiqqan. Shundan keyin yozuvchining „Panoh“, „Oromkursi“, „Soʻroq“, „Sof oʻzbekcha qotillik“, „Mahzuna“, „Ibn Mugʻanniy“, „Yolgʻizim – Siz“, „Koʻz qorachigʻidagi uy“ kabi asarlari, ayniqsa 1997-yilda nashrdan chiqqan „Jajman“ hikoyasi, shuningdek, 2000-yilda nashr etilgan „Hijronim mingdir mening“ qissa va hikoyalar toʻplami, „Yolgʻiz“ qissa va maqolalar toʻplami, „Bozor“ romani va boshqa asarlari adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan. Yozuvchi shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan „Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari“ xotira essesi va 2002-yilda nashr qilingan „Jurnalist boʻlmoqchimisiz?“ nomli risolasi va shu yili chop qilingan „Chayongul“ kinossenariysi muallifi. 2014-yilda yozuvchining „Qichqiriq“, 2016-yilda esa „Donishmand Sizif“ romanlari nashrdan chiqdi.
Xurshid Doʻstmuhammad yapon adibi Ryūnosuke Akutagawa, ispan adibi Ignacio Aldecoa, shuningdek, Ales Juk, Boris Sachenko, Andrius Riuk kabi yozuvchilarning asarlarini oʻzbekchaga oʻgirgan. 2000-yilda uning „Quyiqishloqcha qotillik“ssenariysi asosida „Chayongul“ badiiy filmi yaratilgan.
Mukofotlari Adibning „Bozor“ romani, „Hijronim mingdir mening“ va „Ozod iztirob quvonchlari“ kitoblari 2000-yilgi „Ofarin“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Ehtirom“ mukofoti topshirilgan. 1997-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan boʻlsa, 2006-yilda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. 2020-yilda yozuvchiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni topshirilgan.
„Qahr“ qissasi tanqidi
Xurshid Do‘stmuhammadning O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning so‘nggi kunlari haqida yozgan „Qahr“ qissasi 2025-yil „Sharq yulduzi“ jurnalining birinchi sonida bosilib chiqdi. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach „Til va adabiyot ta'limi“ jurnali qoshida tashkil etilgan „Adabiy davra“da asar muhokamasi bo‘lgach, qissa keng jamoatchilik va ijodkorlar e'tiborini tortdi. Qissa haqida adabiyotshunos-tanqidchi Musulmon Namoz:
– deya yozdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar