Cherkez, norboyalish () — shoʻradoshlar oilasiga mansub yirik buta yoki daraxt Oʻrta Osiyoning qumli choʻllari, Eron va Afgʻonistonda oʻsadi. Boʻyi 4 m cha, barglari ingichka, deyarli ipsimon, uz. 4—8 sm. Gulyonbargchalari gullaridan qisqa yoki ularga teng. Gullari koʻrimsiz, gulqoʻrgʻoni oddiy, besh boʻlakli. Iyun—sentabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonning qumli yerlarida keng tarqalgan. Yemxashak va dorivor oʻsimlik. Undan koʻchma qumlarni mustahkamlashda ham foydalaniladi. Xashagi toʻyimli, mevasidan dorivor moddalar, yangi barglaridan gazlama boʻyoqlari olinadi, yagdil novdalari sovun tayyorlashda ishlatiladi. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkilaridan koʻpayadi.

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Biologik turlar