Said Shermuhamedov (1930.12.5, Qorakoʻl tumani — 16.02.2016) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zosi, akademik (2000), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). Samarqand universitetni tugatgan (1953). Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq boʻlimida kichik ilmiy xodim (1957—58), Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1958—1960), ilmiy kotib (1960—1961), direktor oʻrinbosari, sektor mudiri (1961—1964). Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Komiteti fan va madaniyat boʻlimi mudiri oʻrinbosari (1964—1965), madaniyat boʻlimi mudiri (1965—1970). Oʻzbekiston SSR Maorif ministri (1970—1984), Oʻzbekiston SSR Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984—1985), V.I.Lenin nomidagi Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O'zMU) Falsafa fakultetida kafedra mudiri (1985— 2002), professor (2002-yildan). Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqalar muammolarga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992). "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1995).

Manbalar Na yazike yedinstva, T., 1991; Mustaqillik — buyuk neʼmat, T., 1997; Filosofiya cheloveka, T., 2001; Istiklol quyoshi, T., 2002.

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Turkum:Buxoro viloyatida tugʻilganlar Turkum:Qorakoʻl tumanida tugʻilganlar