Yalang xaltali zamburugʻlar — askomitsetlar sinfiga mansub zamburugʻlar kenja sinfi. Koʻpchilik Yalang xaltali zamburugʻlar. Bir hujayrali, kurtaklanish yoki boʻlinish orqali koʻpayadi, ayrim turlarida kuchsiz rivojlangan mitseliy boʻladi. Askirlari kurtaklanadigan hujayraning oʻzida yoki bevosita mitseliyda hosil boʻladi, mevali tana hosil boʻlmaydi. 2 qabilasi (endomitsetsimonlar va tafrinsimonlar), 350 ga yaqin turi bor. Endomitsetsimonlarga achitqichlar guruhi kiradi, aski zigotadan askogen giflari ishtirokisiz rivojlanadi. Tafrinsimonlarda dikariontik stadiyasi ustunlik qiladi. Tuproqda, mevalar sirtida va boshqalar shakarga boy substratlarsa uchraydi, oʻsimliklarda parazitlik qilib (asosan, tafrinsimonlar), toʻqimalarda gipertrofiya paydo qiladi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Yalang xaltali zamburugʻlar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.