Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU, shuningdek Jahon tillari universiteti) – Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, xorijiy tillar taʼlimi boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy taʼlim dargohi. Universitet 1992-yilning 12-may sanasida ikki institutning prezident Islom Karimov tomonidan birlashtirilishi ortidan tashkil etilgan. Muassasada 24 mingdan ortiq talaba tahsil oladi (2022-yil). Oliygoh oʻz ichiga 9 ta fakultetni qamrab oladi. Bular: Xalqaro jurnalistika, Roman-German filologiyasi, Ingliz filologiyasi, Tarjimonlik, Rus filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda uchta Ingliz tili fakultetlaridir. Universitetga kirish uchun qabul jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan kvotalar asosida tashkil etiladi.

Tarixi Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1992-yil 12-maydagi „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida“gi 401-son Farmoniga asosan „Respublika Rus tili va adabiyoti instituti“ hamda „Toshkent chet tillari pedagogika instituti“ning birlashtirilishi orqali tashkil qilingan. Mazkur universitetda 17 ta xorijiy tillar oʻqitiladi. Ular: ingliz, ispan, nemis, italyan, fransuz, golland, turk, xitoy, yapon, koreys, arab, fors, malay, indonez, hind, grek, rus tillari shular jumlasidandir.

Faoliyati Bugungi kunda universitetda 24 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. Barcha iqtidorli talabalar universitet homiylari tomonidan talabalarga bepul oʻqish imkonini beruvchi grantlar bilan taqdirlanadilar. OʻzDJTUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil etib belgilangan. Universitet tarkibida 1000 dan ortiq oʻz sohasining professional oʻqituvchilari mavjud boʻlib, ularning aksariyati tegishli fanlar boʻyicha professor hisoblanadi. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 5ta prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida bitta akademik litsey mavjud boʻlib, universitet mazkur litseydagi oʻquv jarayonini toʻliq nazorat qiladi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bugungi kunda koʻplab milliy va xalqaro oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, filologiyaga asoslangan koʻplab muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Fakultetlari Universitet filologiya va tillarni oʻqitish sohasida taʼlim beruvchi 4 fakultetdan tashkil topgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida asosiy eʼtibor filologiya hamda tillarni oʻqitishga qaratilgan boʻlib, universitetda jami 9 ta fakultet mavjud. Fakultetlarning barchasi filologiya sohasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlab keladi. Hozirgi kunda universitetda quyidagi fakultetlar mavjud: Ingliz filologiyasi fakulteti; Ingliz tili 1-fakulteti; Ingliz tili 2-fakulteti; Ingliz tili 3-fakulteti; Sharq filologiyasi fakulteti; Rus filologiyasi fakulteti; Tarjimonlik fakulteti; Xalqaro jurnalistika fakulteti; Roman-German filologiyasi fakulteti

Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz filologiyasi fakulteti: O'zbеkiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 2019-yilda tashkil etilgan. Fakultetda ayni paytda 4 mingdan ziyod talaba kunduzgi va kеchki shaklda tahsil olmoqda. Fakultetda ilmiy daraja va unvon hamda xorijiy til sеrtifikatiga ega bo'lgan 118 nafar profеssor-o'qituvchi saboq bеrib kelmoqda. Ulardan 4 nafari filologiya fanlari doktori, 14 nafari PhD ilmiy darajasiga ega. Ingliz filologiyasi fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Barcha darsliklar va oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Fakultet tarkibida 4ta kafedra mavjud boʻlib, ular quyidagilar:

Ingliz tili funksional leksika kafedrasi; Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi; Ingliz tilini oʻqitish va taʼlim texnologiyalari kafedrasi; Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi.

Fakultet rahbariyati Fakultet dekani: Guli Ergasheva Ismoil qizi Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Yaxyaeva Navro'za Xolbutaevna & Eshto'xtarov Shahboz Qahramonovich. Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Usmonova Shahodat Abdurahimovna. Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini: Razzoqov Bahrom Bahriddinovich

Ingliz tili 1-fakulteti Ilk bor 1992-yil 12-mayda Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov Farmoniga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarixi Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti va Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bazasida ochilgan boʻlib, bevosita universitet tarixi bilan bogʻliqdir. Garchi fakultet asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlsa-da, har bir talaba tomonidan oʻrganilishi kerak boʻlgan yana bir ikkinchi til mavjud va u universitet qoidalariga koʻra biriktiriladi. Oʻqitiladigan ikkinchi tillar roʻyxati quyidagilar boʻlib, talaba qaysi tilni oʻrganishni oʻzi tanlashi mumkin: fransuz, nemis, arab, ispan, turk va xitoy. Fakultet Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Birinchi ingliz tili fakulteti hozirgi kunda bitiruvchilarni ishchi oʻrinlari bilan taʼminlash maqsadida ayrim xalqaro kompaniya va muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda. Fakultet hamkorlari quyidagilar: Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi, Toshkentdagi AQSH Elchixonasi, Hindistonning „ITEC“ dasturi, Malayziya Elchixonasining Oʻzbekistondagi oʻquv dasturi va Yevropa Ittifoqining „TEMPUS“ dasturi. Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi: Ingliz tili amaliy fanlar № 1 kafedrasi Ingliz tilining integrallashgan kursi № 1 kafedrasi Ingliz tili nazariy aspektlari № 1 kafedrasi Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 1 kafedrasi Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi Umumiy tilshunoslik kafedrasi

Fakultet rahbariyati Fakultet dekani: Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Ingliz tili 2-fakulteti Fakultetining tuzilishi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Birinchi ingliz tili fakulteti bilan bir xil. Ikkala fakultet ham asosan ingliz tilini oʻqitishga qaratilgan boʻlib, har ikkisi ham ingliz tili sohasi boʻyicha professional filologlarni yetishtiradi. Fakultetlarning har ikkalasi ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi tahrirosti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyruqlari va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ichki qoidalari asosida faoliyat yuritishi kabi oʻxshashliklarga ega. Biroq fakultetlar oʻrtasida baʼzi farqlar ham mavjud. Ikkinchi ingliz tili fakulteti Birinchi ingliz tili fakulteti tashkil qilinganidan 10 yil oʻtib, 2002-yilda tashkil etilgan. Bu fakultet 2009-yilda toʻliq faoliyat koʻrsatadigan fakultet sifatida belgilandi. Fakultet talabalarga ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy tilni ikkinchi til sifatida tanlash huquqini taqdim etadi.

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat olib boradi: Ingliz tili amaliy fanlar № 2 kafedrasi Ingliz tilining integrallashgan kursi № 2 kafedrasi Ingliz tili nazariy aspektlari № 2 kafedrasi Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 2 kafedrasi Boshlangʻich taʼlimda ingliz tili kafedrasi; Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi.

Fakultet rahbariyati Fakultet dekani: Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Ingliz tili 3-fakulteti Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi № 1875-sonli „Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida“gi va 2013-yil 23-maydagi № 1971-sonli „Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarorlariga muvofiq 2021 yil Universitet tasarrufida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. Hozir Ingliz tili uchinchi fakultetida 4 ta mutaxassislik kafedralari mavjud boʻlib, ularda 100 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 8 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajalariga ega. Talabalarning mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shaklantirishlari uchun fakultetda internet tarmogʻiga ulangan 6 ta kompyuter xonalari hamda axborot resurs markazi faoliyat yuritmoqda. Fakultetda tahsil olayotgan talabalarga zamonaviy bilimlarni berish uchun quyidagi kafedralar tashkil qilingan. Fakultet tasarrufidagi kafedralar: Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi Ingliz tilining integrallashgan kursi № 3 kafedrasi Ingliz tili nazariy aspektlari № 3 kafedrasi Ingliz tilini oʻqitish metodikasi № 3 kafedrasi

Fakultet rahbariyati Fakultet dekani: Turgʻun Ismailov Salohiddinovich Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Nodira Kadirova Kamilovna va Sherzod Zokirov Noʻmonjon oʻgʻli Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Ulugʻbek Karimov Nusratovich Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini: Oʻmasov Sherbek Azamovich

Sharq Filologiyasi fakulteti O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2021-yil 29-iyuldagi №318-sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari Universitetining tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi buyrug’iga muvofiq Sharq filologiyasi fakulteti tashkil topdi. Hozir fakultetda 3 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo’lib, ularda 74 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Jahon adabiyoti kafedrasi O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi Arab va Turk tillari nazariyasi va amaliyoti

Fakultet rahbariyati Fakultet dekani: Yoshla ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovin(lar)i: Ilmiy innovatsion ishlar boʻyicha dekan muovini: Oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovini:

Rus filologiyasi fakulteti