Qarshi tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1931-yil 1-oktabrda tashkil etilgan. Shimoldan Koson, shimoli-sharqdan Chiroqchi, sharqdan Qamashi, Gʻuzor, janubdan Nishon, gʻarbdan Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,9 ming km. Aholisi 285 ming kishi (2026-yil boshida). Tumanda 1 shahar (Beshkent), 16 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻobod, Dasht, Hilol, Kat, Kojar, Nuqrobod, Paxtakor, Poshton, Qoratepa, Qovchin, Talliqoʻrgʻon, Taxtapul, Xonobod, Yertepa, Charogʻil, Choʻliboʻston) bor. Markazi — Beshkent shahri.
Tabiati Tuman hududi Qashqadaryoning eng quyi oqimidagi tekislikda joylashgan (eng baland joyi 387 m). Oʻrqir joylar (Mullaquvvat qirlari, balandligi 424 m, Qoʻngʻirtogʻ, balandligi 571 m), botiqlar (Charogʻil botigʻi) va shoʻrxoklar bor. Tuman hududi orqali Qashqadaryo va uning irmoqlari, Fayziobod, Patron—Beshkent va boshqalar kanallar oqib oʻtadi. Gazneft, qoʻngʻirtosh, shagʻal qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi kontinental. Qishi iliq. Yanvarning oʻrtacha harorati 0°, 2°. Baʼzan, —22°, —27° gacha sovuq boʻlishi mumkin. Yozi issiq. Iyulning oʻrtacha harorati 28,8°, eng yuqori harorat 47°. temperatura 5° dan yuqori boʻlgan kunlar soni 284 —298 kunni tashkil etadi. Yillik yogʻin 190 – 220 mm. Tuproqlari unumdor boʻz tuproqlardan iborat. Daryo vodiysida oʻtloq, allyuvial, Charogʻil botigʻida shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yantoq, oqquray, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, shoʻrajriq, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, qoʻshoyoq, jayra, yumronqoziq, echket; mar, qum boʻgʻma iloni uchraydi."" OʻzME. Q-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Aholisi Aholisi, asosan, oʻzbeklar (97,3%), shuningdek, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz, turkman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 kmga 288,2 kishi. Shahar aholisi 94,1 ming kishi, qishloq aholisi 165,3 ming kishi (2022).
Mahallalar Qarshi tumani 57 ta mahalla fuqarolar yigʻinidan tashkil topgan.
MFY joylashgan hudud Mahalla nomi MFY raisi 1 Beshkent shahri Bunyodkor MFY Aʼzam Joʻrayev 2 Beshkent shahri Navbahor MFY Murodulla Xasanov 3 Beshkent shahri Navoiy MFY Ibrahim Eshmatov 4 Beshkent shahri Navroʻz MFY Jasur Botirov 5 Beshkent shahri Ravot MFY Odil Turdiyev 6 Bogʻobod hududi Bogʻobod MFY Izzatillo Eshonqulov 7 Bogʻobod hududi Chaman MFY Ixtiyor Maxkamov 8 Dasht hududi Dasht MFY Alisher Ubaydullayev 9 Dasht hududi Istiqlol MFY Tulqin Toirov 10 Dasht hududi Jumabozor MFY Toir Karimov 11 Dasht hududi Taraqqiyot MFY Ergash Xudayqulov 12 Dasht hududi Xonyon MFY Faxriddin Aynazarov 13 Hilol hududi Hilol MFY Toʻlqin Xidirov 14 Hilol hududi Kerayit MFY Orif Yamgirov 15 Kat hududi Kat MFY Meyli Tursunov 16 Kat hududi Paxtazor MFY Ashrab Sodiqov 17 Kat hududi Taxtapul MFY Sirojiddin Nomozov 18 Kojar hududi Kojar MFY Oybek Poyonov 19 Kojar hududi Lagandi MFY Xamza Xudoyberdiyev 20 Kojar hududi Qoraquchchi MFY Farid Qarshiyev 21 Nuqrobod hududi Mevazor MFY Abror Gulov 22 Nuqrobod hududi Nuqrobod MFY Xurshid Raximov 23 Nuqrobod hududi Oʻzbekiston mustaqilligi MFY Zokir Avazov 24 Paxtakor hududi Bodomzor MFY Ismat Axatov 25 Paxtakor hududi Kaxlak MFY Baxrijon Oʻrinov 26 Paxtakor hududi Paxtakor MFY Muxiddin Mirzayev 27 Paxtakor hududi Potron MFY Laziz Mirzayev 28 Paxtakor hududi Quyi Beshkent MFY Adham Shodmonov 29 Paxtakor hududi Xitoykenti MFY Baxrom Axmedov 30 Poshton hududi Poshton MFY Burxon Shoyxoʻjayev 31 Qoratepa hududi Fayzobod MFY Laziz Nazarov 32 Qoratepa hududi Mangʻit MFY Zayniddin Choriyev 33 Qoratepa hududi Mustaqillik MFY Orifjon Xolmurotov 34 Qoratepa hududi Qoratepa MFY Doniyor Abroxmatov 35 Qoratepa hududi Saroy MFY Ismoil Aminov 36 Qovchin hududi Omontepa MFY Azamat Usmonov 37 Qovchin hududi Qovchin MFY Bobirjon Choʻliyev 38 Qovchin hududi Yangi hayot MFY Neʼmat Odilov 39 Qovchin hududi Shirkent MFY Joʻra Murodov 40 Xonobod hududi Parvoz MFY Jaloliddin Daminov 41 Xonobod hududi Xonobod MFY Dilrabo Mustafoyeva 42 Xonobod hududi Yangi Bogʻobod MFY Maxbuba Safarova 43 Xonobod hududi Yangi Xonobod MFY Bayramali Zevarov 44 Yertepa hududi Batosh MFY Payon Tursunov 45 Yertepa hududi Guliston MFY Oybek Narziyev 46 Yertepa hududi Gulshan MFY Gulnora Qultayeva 47 Yertepa hududi Kuchkak MFY Kamol Umarov 48 Yertepa hududi Mirmiron MFY Oybek Jumayev 49 Yertepa hududi Tinchlik MFY Bahodir Qorayev 50 Yertepa hududi Yangi Batosh MFY Akbar Xidirov 51 Yertepa hududi Yertepa MFY Bibisora Begnayeva 52 Yertepa hududi Gʻubdin MFY Turgʻun Aliqulov 53 Yertepa hududi Shoyxoʻja MFY Axror Saxatov 54 Charogʻil hududi Charogʻil QFY Akmal Qiyomov 55 Choʻliboʻston hududi Choʻliboʻston QFY Elbek Niyozov 56 Shodlik hududi Talliqoʻrgʻon MFY Asror Qurbonov 57 Shodlik hududi Shodlik MFY Farrux Bormurodov
Iqtisodiyoti Tuman Qarshi shahri atrofida joylashganligi uchun paxtachilik bilan birga gʻallachilik, sabzavot va polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi. Tumanda Qarshi shahri attorlik va toʻquvchilik fabrikasining gilam toʻqish sexi, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, bozorlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 5 qoʻshma korxona ishlab turibdi.
Qarshi tumanida dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. 16,5 ming ga yerga paxta, 15,2 ming ga yerga don, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Tutzor, tokzor, mevazorlar bor. Koʻpyillik daraxtzorlar, koʻchatzorLar, ihota daraxtzorlar, yaylovlar mavjud. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 50,5 ming qoramol, 82 ming qoʻy va echki, 53,5 ming parranda, 435 yilqi boqiladi.
Beshkent — Qarshi yoʻnalishida avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.
Ijtimoiy soha 60 umumiy taʼlim maktabi (43 mingdan ziyod oʻquvchi), litsey, bolalar musiqa maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (1,6 ming oʻquvchi), 36 kutubxona (290 ming nusxa asar), 3 madaniyat uyi, 13 klub muassasasi faoliyat koʻrsatadi. Madaniyat va istirohat bogʻi, ashula va raqs ansambllari mavjud. Stadion, tennis korti va boshqalar sport inshootlari bor. Beshkent shahrining Mustaqillik maydonida „Humo qushi“ monumenti oʻrnatilgan. Tuman markaziy kasalxonasi (315 oʻrin), tugʻruqxona, 3 poliklinika, 14 qishloq vrachlik punkti, qishloq uchastka kasalxonasi, 9 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 36 feldsherakusherlik punktida 216 vrach, 1456 oʻrta tibbiy xodim aholiga xizmat koʻrsatadi. Qarshi tumanida tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Hazrati Sulton maqbarasi (XII—XVI asrlar), Toshmasjid (XVI—XVIII asrlar), Xalfa Eshon masjidi (XVI—XVII asrlar), Chorgumbaz masjidi (16— XVII asrlar) va boshqalar saqlangan. 1991-yildan „Naxshab“ gazetasi nashr etiladi (adadi 600 nusxa).
Moddiy madaniy meros obyektlari Qarshi tumanida 128 ta obyekt Oʻzbekiston Respublikasining Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Arxeologiya yodgorliklari Tumanda jami 105 ta arxeologiya yodgorligi davlat muhofazasiga olingan.