Qaskelen (qoz. Қаскелең) — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1963-yilda). Qarasay tumanining markazi (1922-yildan). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tamon 300 km, Almati shahridan gʻarbga tamon 24 km uzoqlikda, Qaskelen daryosi boʻyida joylashgan. Shahar maydoni 5,31 ming km². Aholisi 63,8 ming kishi (2013).
Aholisi 1999-yil shahar aholisi 37,221 kishini . 2013-yili esa aholi soni 63,805 kishini tashkil qildi.
Tarixi Rossiya imperiyasi 1847-yildan boshlab Yettisuvda istehkom qurishni boshladi. 1861-yil shaharning asosi qozoq-rus stansiyasi qurilib, dastlab lyubovniy, 1901-yildan boshlab Qaskelen deb nomlandiАстанайская епархия.
Sanoati Shaharda Sabzavotkonserva zavodi, shahar bosmaxonasi, davlat “Vodokanal” kommunal korxonasi, sut va boshqalar zavodlar ishlab turibdi. Tikuvchilik va attorlik fabrikalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Ijtimoiy soha Qaskelenda shahar yuqumli kasalliklar kasalxonasi, “Sariarqa” davolash maskani, shahar kasalxonasi, feldsher-akusherlik punkt va boshqalar aholiga xizmat qilmoqda. Shuningdek Qaskelenda madaniyat kolleji, madaniyat uyi, muzey, 7 oʻrta, 1 toʻliqsiz, 1 boshlangʻich maktab, 10 ta kutubxona bor.Qozoq ensiklopediya.
Manbalar
Havolalar Qarasay tumanining sayti
Turkum:Almati viloyati Turkum:Qozogʻiston shaharlari