Quyonquloq, lindelofiya — govzabondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi. Oʻrta Osiyoda, Afgʻoniston va Eronda tarqalgan. Oʻzbekistonda uzun ustunchali Q. yoki koʻkgul turi oʻsadi. Ildizi oʻq ildiz. poyasi tik, boʻyi 40—80 sm. Ildiz boʻgʻzidagi barglari yirik (uzunligi 25—50, eni 2—5 sm), toʻpguli roʻvaksimon, guli koʻk-havorang. Iyun — sentabrda gullab urugʻlaydi. Mevasi yongʻoqcha. Togʻ zonasi, daryo, kanal va yoʻl boʻylarida, paxtazorlarda oʻsadi.

Manbalar

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar