Bahrom Beknazarovich Avazov (1970-yil 3-yanvar, Gʻuzor tumani) – kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), „Oʻzbekiston iftixori“ (2003)https://lex.uz/docs/2367699. Avazov kurashning 81, 90 kg va mutlaq vazn toifalarida Oʻzbekiston (1991-2001), Osiyo (2001, Toshkent) va jahon (2000, Antaliya; 2001, Budapesht) chempioni. Mutlaq vazn toifasida xalqaro musobaqalar (1996, Shahrisabz; 1998; Xiva) va Alpomish oʻyinlari (1998, Termiz) gʻolibi. Avazov Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1991), shu institutda katta oʻqituvchi (1991-2003), Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Qashqadaryo viloyati filiali direktori (2003-yildan)OʻzME.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari‎ Turkum:Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari