Abdulla Kiyamovich Sagitov (1918, Ulyanov viloyati) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), biologiya fanlari doktori (1966), professor (1968). Oʻzbekiston Davlat universiteti (SamDU)ni tugatgan (1941). urush qatnashchisi (1941—45). SamDU biologiya fakulteti zoologiya kafedrasida assistent (1948—50), dotsent (1950-68), professor (1968), mudir, fakultet dekani (1945—2001). Umurtqali hayvonlarni muhofaza qilish, qushlarning nerv sistemasi va eshitish organlarining solishtirma anatomiyasi ustida ilmiy ish olib borgan. 4 jildli "Oʻzbekiston qushlari" va "Oʻzbekistonning Qizil kitobi" bosh muharriri. Oʻzbekiston ornitologlar jamiyati prezidenti (1951—1992).

Turkum:1918-yilda tugʻilganlar Turkum:Biologiya fanlari doktorlari