Avi Buffalo amerikalik rock guruh boʻlib, qoʻshiq yozuvchi va gitarachi Avi Zahner-Isenberg tomonidan Kaliforniyaning Long Beach shahrida tuzilgan. Ularning shu nomli debut albomi 2010-yil 27-aprelda chiqib, The A.V. Club, NME, Filter kabi musiqa nashrlari tomonidan ijobiy baholandi. Albomning birinchi singli „What's In It For“ va „Jessica“qoʻshiqlaridan iborat. Guruh 2010-yili SXSW festivalida ijro etdi, shu yilning iyulida esa Modest Mouse guruhi oldidan konsertni qizitib berdi. 2011-yili ikkinchi singl — „How Come? and Good I’m Wishing“ chiqdi, shu yil yozida esa guruh Yevropa va AQSh boʻylab gastrol uyushtirdi.
Diskografiyasi Albomlari 2010: Avi Buffalo 2014: At Best Cuckold 2019: Glow Cast on Eternal Sound
Singllari 2010: „What's In It For“ 2011: „How Come/Good I’m Wishing“ (7" reliz) 2018: „Panegyric“ 2019: „Skeleton Painting“
Manbalar
Havolalar