Yevtifron dilemmasi Aflotunning Yevtifron dialogida eslatilgan falsafiy dilemmadir. Dialogda Suqrot Yevtifrondan „taqvodorni xudolar uning taqvodorligi uchun sevishadimi yoki u xudolar sevgani uchun taqvodormi?“ deb soʻraydi. Zamonaviy teologiyada beriladigan shakli quyidagicha:
Bu dilemmaning birinchi iddaosidan axloqni xudo(lar) oʻylab topishi, yaʼni axloq shunchaki xudo(lar)ning xarxashasi boʻlishi mumkinligi xulosasi kelib chiqadi. Bu dilemmaning ikkinchi iddaosidan axloq hech qanday xudo(lar)siz ham mavjud ekanligi xulosasi kelib chiqadi.
Yevtifron dilemmasi axloqning dindan mustaqilligini koʻrsatish uchun ishlatiladi.
Manbalar