Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (isp:Confederación Sudamericana de Fútbol,. (por:Confederação Sul-Americana de Futebol.), umumiy qilib CONMEBOL deb aytishadiQisqartmasi bunday tuzilgan: Confederación/Confederação Sudamericana/Sul-Americana de Fútbol/Futebol. (talaffuzi: konmebol̟), Janubiy Amerikada futbol sport turi boʻyicha asosiy tashkilot va FIFAning 6ta qitʼalararo konfederatsiyalaridan bittasi. Dunyoning eng qadimgi kontinental konfederatsiyasi hisoblanadi, shtab-kvartirasi Paragvayning Luque shahrida joylashgan. CONMEBOL Janubiy Amerikaning yirik futbol musobaqalarining tashkiliy va nazorat ishlarida masʼuldir. Tashkilotga 10ta davlat aʼzo boʻlib FIFAning eng kam sonli aʼzoga ega konfederatsiyasidir.

CONMEBOLning milliy futbol terma jamoalari 9 marta jahon chempionatlarida (Braziliya 5, Argentina va Uruguay 2 martadan) gʻolib boʻlgan va CONMEBOL futbol klublari 22 marta Qitʼalararo futbol kubogida, 4 marta FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati musobaqalarida gʻalaba qozongan. Shuningdek Argentina va Urugvay terma jamoalari 2 marta olimpiada oʻyinlarida ham gʻolib boʻlgan. CONMEBOL UEFA qatori dunyoning eng kuchli konfederatsiyasi hisoblanadi.

CONMEBOLning jahon chempionati saralash bahslari dunyoning eng murakkab saralash bahsi hisoblanadi."La eliminatoria más difícil del mundo", ESPN (ispancha)"Janubiy Amerika JChSB dunyoning murakkab bahsi", ESPN Hozir konfederatsiyasi prezidenti Eugenio Figueredo va bosh kotibi Jose Luis Meiszner.

Aʼzo davlatlar Davlat Assotsiatsiya Asos solingan Qoʻshilgan Terma jamoa Yuqori ligasi AFA 1893 1916 ARG (E, A) Primera División FBF 1925 1926 BOL (E, A) Liga Profesional CBF 1914 1916 BRA (E, A) Campeonato Brasileiro Série A FFC 1895 1916 CHI (E, A) Primera División FCF 1924 1936 COL (E, A) Primera A FEF 1925 1927 ECU (E, A) Serie A APF 1906 1921 PAR (E, A) División Profesional FPF 1922 1925 PER (E, A) Primera División AUF 1899 1916 URU (E, W) Primera División FVF 1926 1952 VEN (E, A) Primera División

Manbalar

Havolalar Conmebol rasmiy vebsayti

Turkum:Janubiy Amerika futbol assotsiatsiyasi Turkum:Tashkilotlar