Akmal Shuhratjonovich Shorahmedov 1986-yili 10-mayda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasining Jizzax shahrida tugʻilgan. Sobiq futbolchi. milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi himoyachi. Hozir Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati Akmal professional futboldagi ilk faoliyatini tugʻilib oʻsgan Jizzax shahri klubi Soʻgʻdiyona tarkibida boshlagan. Soʻgʻdiyonada ikki mavsum oʻynagan, 51ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. 2007-yilning bahoriga kelib u Namanganning Navbahor klubiga oʻtadi va u yerda bir mavsum oʻynaydi 16ta uchrashuvda maydonga tushadi.
2008-yilning boshida yana Jizzaxga qaytib Soʻgʻdiyona klubi bilan shartnoma imzolaydi va u klubda 1 yil davomida 30 ta oʻyinda oʻynab raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol etgan.
Akmal 2008-yilning dekabr oyida Andijonning Andijon klubi bilan shartnoma tuzadi. Andijon klubi tarkibida futbolchi haqiqiy lider oʻyinchiga aylanadi va ikki mavsum oʻynab 53 marta maydonga tushadi. Oʻsha yili Akmal milly teram jamoa murabbiyining diqqat eʼtiboriga tushadi.
2011-yili Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imozalaydi va hozir ham ushbu klub sharafini himoya qiladi. 11-iyun 2013 2017-yil 6 yillik mavumdan soʻng qaldirgʻochlar bilan Akmal yangi mavsumda Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Qashqadaryoliklar safida bir mavsum toʻp surgan soʻng, 2018-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi yangi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2 mavsum davomida konchilar sharfini himoya qildi. 2020-yil mavsum yakunida AGMK safini tark etgan Shorahmedov yangi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnom imzoladi va Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni boʻldi. Mavsum oxirida faoliyatini yakunladi.
Terma jamoadagi faoliyati Akmal terma jamoa tarkibiga 2010-yili taklif etilgan va ilk bora Albaniyaga qarshi kechgan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushgan.
2014-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi 4-roundida Oʻzbekiston Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda Akmal Shorahmedov oʻz jamoasiga avtogol urib qoʻygan va jamoani chempionatga chiqish rejasini qiyinlashtirgan edi. 11-iyun 2013.
2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida 3ta oʻyinda maydonga tushgan. 2022-yil may oyida Oʻzbekiston terma jamoasi va Italiyaning A Seriyasi yulduzlaridan tashkil topgan uchrashuvda qatnashdi va terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.
Murabbiylik faoliyati 2021-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi safida Oʻzbekiston Pro ligasi chempionligini qoʻlga kiritgach faoliyatiga yakun yasadi va Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzoladi. Hozir Paxtakor U-21 jamoasida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy hisoblanadi. 2024-yil ynavr oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy lavozimiga shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Bunyodkor
Oʻzbekiston ligasi (2): 2011, 2013 Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2012 Oʻzbekiston kubogi (2): 2012, 2013 Oʻzbekiston Superkubogi (1): 2014
Neftchi
Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni: 2021
Manbalar
Havolalar
Akmal Shorahmedov – soccerway
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Jizzax viloyati kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar