Vladimir Kozak (; 1993-yili 12-iyun, Toshkent) – Millati ukrain boʻlgan Oʻzbekistonlik futbolchi. Yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Vladimir Kozak professional futboldagi faoliyatini 2010-yili Paxtakor klubida, Toshkentning boshqa bir klubi Bunyodkor jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda boshlagan. U hozir ham ushbu klub sharafini himoya qilib keladi, shu vaqtga qadar u klub tarkibida 91 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol kiritgan. Oliy liganing 2012-yilgi mavsumida 5 ta gol urgan, shulardan ikkitasini bitta oʻyinda Buxoro klubiga qarshi kechgan uchrashuvda urgan. Kozak 2014-yili ham oliy liga bahslarida 5 ta gol urib, mamlakat chempionligini 2-marotaba qoʻlga kiritadi.

Terma jamoadagi faoliyati Vladimir Kozak terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yilning 29-mayida terma jamoasi bilan kechgan oʻrtoqlik ucrashuvida oʻtkazgan. U Oʻzbekistonning yoshlar va oʻsmirlar terma jamoasida ham oʻynagan. U Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi yoshlar jahon chempionatida qatnashgan.

Yutuqlari Klub Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2012, 2014, 2015, 2019, 2020 Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010 Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011, 2019, 2020 Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2021 Oʻzbekiston Liga Kubogi gʻolibi: 2019

Xalqaro AFC U-19 Osiyo chempionati yarim finalchisi: 2012

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar