Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich — oʻzbek diplomati. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariTashqi ishlar vazirining yangi oʻrinbosarlari tayinlandi. 2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili boʻlganMinisterstvo inostrannix del Respubliki Uzbekistan — Diplomaticheskie predstavitelstva za rubejom ..
Biografiyasi 1996-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi attashesi, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining yordamchisi, AQShdagi elchixonasi attashesi, birinchi kotibi, Yaponiyadagi elchixonasida maslahatchi, Tashqi ishlar vazirligi kotibiyati boshligʻi, tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakiliOʻzbekistonning BMTdagi vakolatxonasi xodimlari .
2017-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Mukofotlari „Shuhrat“ medali (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakillari