Martin Eden () — amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob sifatida birinchi marta 1909-yil „Macmillan“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1908-yilning sentabridan 1909-yilning sentabrigacha „The Pacific Monthly“ jurnalida chop etilgan.

„Martin Eden“ Londonning oʻzbek kitobxonlari orasida eng yaxshi tanilgan asarlaridan biridir. Romanni oʻzbek tiliga Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan.

Syujeti Romanda yozuvchi boʻlish ishtiyoqida yurgan yosh kishi haqida soʻz yuritiladi. London romanda oʻz hayotini aks ettirgan. Ammo Londondan farqli oʻlaroq, asar qahramoni Eden sotsializmga qarshi chiqadi. Roman qahramoni ogʻir mehnat qilib, shuhrat qozonadi. Ammo oʻzi ideallashtirgan tuzumdan hafsalasi pir boʻlib, umidsizlikka tushadi hamda oʻz joniga qasd qiladi.

Qahramonlari Martin Eden () – bosh qahramon, sobiq dengizchi; Ruth Morse () – talaba, badavlat oila farzandi; Lizzie Connolly () – fabrika ishchisi; Joe Dawson () – Edenning boshchisi; Russ Brissenden () – kasal yozuvchi.

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga 1961-yil Moskva shahrida „Ogonyek“ nashriyotida chop etilgan nashrga asoslanib Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1968-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Osimov – muharrir, A. Kiriakidi – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, A. Boboxonov – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Havolalar

„Martin Eden“ Ziyouz saytida

Turkum:Romanlar