„Birinchi tabassum“ – oʻzbek yozuvchisi Safar Barnoyev qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1972-yil chop etilgan. Qissada bosh qahramon Aliqul ismli bola va uning doʻstlarining maktabdagi hayoti hamda biri-biri va oʻqituvchilari bilan munosabatlari haqida hikoya qilinadi.
Qissa Barnoyevning eng taniqli asarlaridan biridir. Ayrimlar qissada bolalar hayotining turli tafsilotlari oshiqcha koʻpligini tanqid qilgan boʻlsa, boshqalar bu asarning kuchli jihati degan fikrni ilgari surgan.
„Birinchi tabassum“ ilk bor Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida ayni nomli toʻplamda chop etilgan. „Birinchi tabassum“ toʻplamidan ayni nomli qissa bilan bir qatorda „Nur yogʻilgan kun“ hamda „Tutash yoʻllar“ qissalari ham oʻrin olgan.
Manbalar
Turkum:Qissalar