„Maysajonning sarguzashtlari“ () — rus yozuvchisi Sergey Rozanov qalamiga mansub qissa. 1928-yil yozilgan qissa rus adabiyotida bola koʻz qarashidan yozilgan ilk asarlarning biridir. Asarda katta shaharda adashib qoluvchi bolakay haqida hikoya qilinadi.

„Maysajonning sarguzashtlari“ rusiyzabon kitobxonlar orasida keng tanilgan. Asar Rozanov hayoti davomida 17 marta nashr qilingan. Uning asosida 1976-yil film suratga olingan. Qissani oʻzbek tiliga Hakim Pirmuhamedov tarjima qilgan.

Syujeti Qissada bosh qahramon Maysajon Moskva shahrida ota-onasi bilan yashaydi. U hamma narsani bilishni xohlaydi. Qahramon qiziquvchanligi tufayli shaharda adashib qoladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

Qahramonlari Maysajon – bosh qahramon Maysajonning otasi Maysajonning onasi

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni oʻzbek tiliga 1958-yil „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan Hakim Pirmuhamedov qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Manbalar

Havolalar „Maysajonning sarguzashtlari“ Ziyouz saytida

Turkum:Bolalar qissalari