„Zumrad va Qimmat“ — oʻzbek xalq ertaklari toʻplami. Ilk bor 1988-yil chop etilgan, oʻsha tilida ruscha tarjimasi ham bosilib chiqqan. Toʻplamni Komil Imomov tuzgan. „Zumrad va Qimmat“ toʻplami „Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasi doirasida chop etilgan asarlarning biridir. Toʻplam nomi ayni nomli taniqli oʻzbek xalq ertagi nomidan olingan.
Nashrlari „Zumrad va Qimmat“ toʻplami ilk bor 1988-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Ayni yilda ayni nashriyotda rus tilida ham chop etilgan. 1990-yil „Oʻzbekiston“ nashriyotida qayta nashr qilingan.
Manbalar
Turkum:Oʻzbek xalq ijodi Turkum:Ertaklar toʻplamlari