Vosif Boxtariy (t. 1942-yil, Balx, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik mashhur shoir, yozuvchi, tarixchi va tilshunos.
Asarlari Shoirdan hozirgacha yettita sheʼriy toʻplam va bitta saylama chop ettirilgan. Bular: „…Va oftob namemirad“ (…Va quyosh oʻlmaydi)(1983 y.), „Az meʼod to hargiz“ (Uchrashuvdan hech vaqtgacha), „Az in oinai bishkastai torix“ (Bu tarixning siniq oinasidan), „To shahri panj zul’i ozodi“ (Ozodlikning besh shahri tomonigacha), „Debochai befarjom“ (Tugallanmagan muqaddima), „Dar usturai fasli shikastan“ (Afsonada sinish haqidagi bob), „Moʻyahoi Isfandiyori gumshuda“ (Yoʻqolgan Isfandiyorning nolalari) va „Darvozahoi bastai taqvim“ (Taqvimning bogʻlangan darvozalari) — lardir. Shuningdek bir necha ilmiy asarlari Afgʻoniston va xorijiy davlatlarda nashrdan chiqqan.
Havolalar Vosif Boxtariy. Uch gʻazal. Shahzod Kenjaev tarjimalari
Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar