Termiz xalqaro aeroporti – Termiz shahri yaqinidagi xalqaro aeroport.
1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Termiz aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.
2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Termiz aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.
Tavsifi Termiz aeroporti Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir: Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish; Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish; Yuklarga xizmat koʻrsatish; Pochtaga xizmat koʻrsatish;
Termiz aeroporti 1 soatda 400 ta aviayoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha UTPZ (Yongʻindan himoyalash talablari darajasi) ning 8- darajasiga teng. Termiz aeroporti kecha-kunduz davomida ishlaydi va barcha turdagi (jumladan A330, A320, A310, Boeing 787, 747-400, 757, 767, Il-114, Il-76, ATR-72) havo kemalari va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qiladi. Termiz aeroporti 2010-yil dekabr oyida ISO 9001: 2008 xalqaro standartlariga muvofiq „Rus registori“ assotsiatsiyasining sertifikatiga ega boʻldi.
Termiz aeroporti havo kemalari xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maxsus avtotransport parkini doimiy ravishda yangilanishni amalga oshirib kelmoqda. Avtomobil parkida muzlashga qarshi suyuqlik bilan ishlov beruvchi ISUZU avtomashinasi, aerodrom qoplamasini tozalash uchun AIST-5 VMU shamol purkash avtomashinasi, shuningdek havo kemalarini elektr bilan taʼminlovchi „Utronnik GPU – 150“ rusmli qurilma, gʻarbda ishlab chiqarilgan havo kemalariga yuklarni ortish va tushirishga moʻljallangan „Trepel“, yoʻlovchilar uchun „ABS – 580“ rusmli avtotraplar, bemor aviapassajirlar uchun "Ambulift" maxsus avtotransporti hamda barcha turdagi zamonaviy havo kemalarini havo yordamida yurgizuvchi qurilmalar mavjud.
Ruxsatnoma nazorat punktlarida xavfsizlikni taʼminlash uchun zamonaviy maxsus uskunalar oʻrnatilgan. Termiz aeroportida havo kemalarini ekspluatatsiya qilish va unga xizmat koʻrsatish xalqaro IKAO standartlariga muvofiqdir. Aeroportdan Toshkent, Moskva shahriga muntazam qatnovlar hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi. Yoʻlovchi va yuk tashuvlari yildan yilga oʻsib bormoqda. Axborotlar texnologiyasini rivojlanishi munosabati bilan aeroport tashuvlarni tashkil qilish xizmatida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun elektron koʻrinishdagi aviachiptalarni sotish hamda SDCS global tizimida yoʻlovchilarni qayd qilish joriy etildi, aerovokzal binosi 2019-yilda qayta taʼmirlanib ishga tushirildi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistika +Termiz xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 160 924 1 829 2024 271 961 69,0% 3 146 72,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 349 227 28,4% 3 876 23,2%
Manbalar
Turkum:Termiz bino va inshootlari