Nazar Matkarimovich Matchonov (1.1.1923 — 30.7.2010) — Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1970—1978).

Tarjimai hol Hunarmand oilasida tugʻilgan. Taʼlim 1949-yildan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Veterinariya fanlari doktori (1969), professor (1971).

Mehnat faoliyati 1949—1959-yillarda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh veterinariya vrachi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi veterinariya boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi veterinariya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1959—1960-yillarda Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, 1960—1961-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasi kotibi, 1961-yilda Buxoro viloyat kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston KP Buxoro viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1961-1962 yillarda Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, 1965—1970-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti kotibi, 1970—1978-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, 1966—1978-yillarda Oʻzbekiston KP Markaziy komiteti byurosining aʼzosi. SSSR Oliy Kengashi 7-8 chaqiriq deputati vazifalarida ishlagan. 1978-yil dekabrdan nafaqaga chiqqan.

1978—1989-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti direktori, 1989—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi zoologiya va parazitologiya instituti gelmintologiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi kabi ilmiy vazifalarda ham ishlagan.

Manbalar

Turkum:Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik veterinariya shifokorlari Turkum:Ittifoq Kengashining Namangan viloyatidan saylangan deputatlari Turkum:Ittifoq Kengashining Surxondaryo viloyatidan saylangan deputatlari Turkum:Ittifoq Kengashining Xorazm viloyatidan saylangan deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raislari Turkum:Buxoro viloyat ijroiya qo‘mitasi raislari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byuro a’zolari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Turkum:KPSS XXIV syezdi delegatlari Turkum:KPSS XXV syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar