Golishev Vyacheslav Arkadyevich (; 1951-yil 30-mart, Toshkent, OʻzSSR — 2026-yil 7-aprel) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi (1995-2003 va 2006-2017-yillarda).
Biografiyasi Millati — rus. Maʼlumoti — oliy, Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchiPF-2838-son 03.05.2001. V.A. Golishevga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvoni berish toʻgʻrisida.
1994—1995 — Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
1995—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi.
2003—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi oʻrinbosari hamda iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktoriO SOZDANII TsYeNTRA EKONOMIChYeSKIX ISSLYeDOVANIY.
26-iyul 2005-yil — 11-aprel 2006-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot vaziri.
2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisiVyacheslav Golishev qayerda?
2026-yil 7-aprel kuni vafot etgan. Oilasi Rafiqasi — Golisheva Irina Xristosovna — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Soliq va bojxona siyosati Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida uzoq yillar ishlab kelgan. 2017-yil 26-dekabrda ishdan boʻshatilganNachalniki trex upravleniy Minfina uvoleni posle kritiki.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Oʻzbekiston deputatlari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston Prezidenti maslahatchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar