Xavier Perez de Kuelyar de la Gerra (; 19-yanvar 1920, Lima, Peru – 6-mart 2020) 1-yanvar 1982-yildan 31-dekabr 1991-yilgacha Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi boʻlganBiografiyasi.

Biografiyasi Xaver Peres de Kuelyar 1920-yil 19-yanvarda Peruning Lima shahrida kelib chiqishi Kuelyardan boʻlgan ispaniyalik ijarachi oilasida tugʻilgan. Ota-bobolari XVI asrda Ispaniyadan koʻchib kelgan. Otasi u 4 yoshga toʻlganida vafot etgan. Kolegio San-Agustinda oʻqidi, fransuz tilini oʻrgandi va 1943-yilda Peru Papalik katolik universitetida huquqshunoslik darajasini oldi.

1940-yilda Tashqi ishlar vazirligiga, 1944-yilda diplomatik xizmatga ishga kirdi. Peruning Fransiyadagi elchixonasida 3-kotib boʻlib ishladi. Britaniya, Boliviya va Braziliyada ishlagan. 1964—1966-yillarda Shveytsariyada, 1969—1971-yillarda Sovet Ittifoqi va Polshada, 1977—1979-yillarda Venesuelada elchi boʻlib ishlagan.

1946-yilda Londonda chaqirilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasida Peru delegatsiyasi va Assambleyaning 25-30-sessiyalarida delegatsiyalar aʼzosi boʻlgan. 1971-yilda Peruning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlandi. 1975-yilgacha Assambleyadagi mamlakat delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

1973-1974-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashida Peru vakili boʻlgan. 1975-yil 18-sentyabrda Bosh kotibning Kiprdagi maxsus vakili etib tayinlandi. 1977-yil dekabrigacha bu lavozimni egallagan. 1975-yilda Peres de Kuelyar birinchi xotinidan ajrashdi va Marsela Templ Seminarioga (1933–2013) uylandi, undan farzandi yoʻq edi.

1979-yil 27-fevralda BMT Bosh kotibining maxsus siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. 1981-yil apreldan Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Bosh kotibning maxsus vakili sifatida ham ishlagan. Oʻsha yilning aprel va avgust oylarida Pokiston va Afgʻonistonga tashrif buyurdi.

1981-yil dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi etib saylandi. 1986-yil oktyabr oyida bir ovozdan ikkinchi muddatga qayta saylandi. Peres de Kuelyarning bosh kotib sifatidagi ikkinchi muddati, rejalashtirilganidek, 1991-yil 31-dekabrda yakunlandi.

1995-yilda Peru prezidentligi uchun Alberto Fuhimori bilan kurashdi. Fuhimori korruptsiyada ayblanib isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u 2000-yil noyabridan 2001-yil iyuligacha bosh vazir va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. Alejandro Toledo 2001-yilda prezident etib saylanganidan keyin, Javier Pérez de Cuéllar Peruning Fransiyadagi elchisi va YUNESKOdagi doimiy vakili sifatida Parijga bordi va 2004-yilda nafaqaga chiqdi.

1997-yilda Peres de Kuelyar oʻzining „Pilgrimage for Peace“ memuarini yozdi. Peres de Kuelyar 100 yoshga toʻlganidan ikki oy oʻtib, 2020-yil 4-mart kuni Limadagi uyida vafot etdi.

Mukofotlari 1987: Javoharlal Neru mukofoti.

1987: Xalqaro hamkorlik uchun Asturiya shahzodasi mukofoti.

1989: „Tinchlik uchun“ xalqaro mukofoti. Italiya tadqiqot instituti Archivio Disarmo tomonidan berilgan.

1989: Xalqaro tushunish va umumiy xavfsizlik uchun Olof Palme mukofoti.

1991: Faxriy Legionning Buyuk xochi.

1991: Qirolicha Yelizaveta II tomonidan berilgan Muqaddas Mixail va Muqaddas Georgiy ordeni faxriy ritsari.

1991: Amerika akademiyasining Oltin plastinka mukofoti.

1991: AQSh Prezidentining Ozodlik medali.

1992: Ozodlik medali.

Manbalar

Turkum:Yuz yoshdan oshganlar