200px|right|thumb|Jayron va togʻ echkisi goʻshtidan kabob 200px|right|thumb|Ozarbayjon engil atıştırma 200px|right|thumb|Sac 200px|right|thumb|Tika kabob 200px|right|thumb|Khash 200px|right|thumb|Dushbara 200px|right|thumb|Vashingtondagi Smitsonian folklor festivasida Ozarbayjon pazandalik paviloni. 200px|right|thumb|Qora ikra 200px|right|thumb|Baliq lavangi 200px|right|thumb|Dovga 200px|right|thumb|Yarpaq dolmasi 200px|right|thumb|Palov 200px|right|thumb|Pusta halvasi
200px|right|thumb|Badambura va paxlava bilan choy 200px|right|thumb|Non 200px|right|thumb|Milliy choy dasturxoni 200px|right|thumb|Ayron Ozarbayjon oshxonasi – dunyoning qadimiy, boy va lazzatli oshxonalaridan biri. Ozarbayjon milliy oshxonasi faqatgina taomlar, ularning tayyorlanish texnologiyalari usullari emas, balki moddiy madaniyatning asosiy qismidan biri hisoblanadi. Ozarbayjon milliy oshxonasi oshxona madaniyatini, uning tarixi, falsafasi, dasturxon psixologiyasini, odatlarni, fiziologiya, gigiena, kimyo, jihozlash, etika, estetika, poeziyani va oshxonaning boshqa aspektlarini, shuningdek, Ozarbayjon xalqining tarixan atrof-muhit bilan uygʻunlikda yashagan hududlarda yaratgan amaliy kashfiyotlarni oʻzida birlashtiradi.
Paydo boʻlish tarixi Ozarbayjon milliy oshxonasi Ozarbayjon xalqining pazandaligi bilan uning tarixan yashagan hozirgi Ozarbayjon Respublikasi, Janubiy (Eron) Ozarbayjon, hozirgi Armanistonning ozarbayjonlardan majburan tozalangan qadimiy Irevan xonligi, Zangazur va Goʻkcha tumanlari hududlarida, Gruziyadagi ozarbayjonlarning uzoq davrlardan beri yashab kelgan yerlarida (Borchali), Dogʻiston hudularida, shu jumladan, sobiq Ozarbayjon xonliklaridan birining markazi boʻlgan Darband va uning atrofida paydo boʻlgan.
Oshxonaning paydo boʻlishi va rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan eng muhim omil – iqlimdir. Ozarbayjon Respublikasi hududidan toʻqqiz iqlim zonasi oʻtadi, bu esa oʻz navbatida bu mintaqaning flora va faunasining xilma-xilligini va boyligini keltirib chiqaradi. Barcha hayvonlar va oʻsimliklarning yashashi va koʻpayishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bular esa boy oshxonaning paydo boʻlishida asosiy baza hisoblanadi.
Boy oshxona yaratilishi uchun yirtqich hayvonlardan, qushlardan, baliqlardan va oʻsimliklardan foydalanish bilan birga, jamiyatning keyingi taraqqiyot davrlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ishlab chiqarilishi ham talab qilinadi. Buning uchun aholi yuksak ekinchilik va chorvachilik madaniyatiga ega boʻlishi lozim.
Ozarbayjon milliy oshxonasining tarixi ham xalqning tarixi kabi qadimiydir. Ozarbayjon kulinariyasi oʻz tarixiy ildizlari va oʻziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Ozarbayjon taomlari yuksak taʼm-maza sifatlari bilan dunyoga mashhur. Ularni boshqalari bilan solishtirib boʻlmaydi. Ozarbayjon taomlari lazzati va tayyorlanishi, shu bilan birga, moʻl ziravorlar va qoʻshimchalar qoʻshilishi koʻproq Sharq oshxonasiga yaqin.
Hozirgi kunda Ozarbayjon kulinariyasida taomlarning qadimiy tayyorlanish usullarining saqlanib qolishi bilan birga, zamonaviy kulinariya talablari keng sur’atda nazarga olinadi.
Ozarbayjon milliy taomlari oʻtmishda mis qozonlarda tayyorlangan. Hozirgi kunda ham bir qancha qishloqlarda mis qozonda pishirilgan taomlar lazzatliroq boʻladi. Shu sababli ham Ozarbayjon milliy oshxonasining ashyolari (qozon, choʻmich, tova, qoshiq, kapgir, obgardon va b.) asosan misdan yasaladi. Qayd etib oʻtish lozimki, oʻtmishdagi kabi hozir ham mis qozonlarni va idishlarni taomga va organizmga haddan ortiq mis tushmasligi uchun orada qalaylab turadilar. Milliy taomlardan piti oshi va ichidagilar ham toʻgʻridan-toʻgʻri dasturxonga beriladi.
Ozarbayjon oshxonasi xususiyatlari
Milliy taomlarning aksariyati mol, qoʻy va tovuq goʻshtidan tayyorlanadi. Urilgan goʻshtdan tayyorlanuvchi taomlar koʻproq tarqalgan. Respublikaning dengiz, koʻl va daryolari turli baliq xillari bilan, asosan oq va osetr baliqlariga boydir. Milliy taomlarning tayyorlanishida asosan mana shu baliqlardan foydalaniladi. Dasturxon turli koʻkat va sabzavotlar bilan – baqlajon, pomidor, bulgʻori, karam, ismaloq, turp, rediska, piyoz, lavlagi, bodring, yashil loviya va boshqalarga boydir. Milliy taomlarda guruchdan va undan tayyorlangan xilma-xil taomlar kulinariyada keng ishlatiladi. Taomlarda ziravorlardan zaʼfaron, zira, dafna yaprogʻi, kashnich urugʻi, shuningdek, yalpiz, ukrop, tarxun, rayhon, zanjabil, kaklik oʻti va b.dan keng foydalaniladi. Bu hushboʻy ziravorlardan sobiq SSSR da faqatgina Apsheron yarimorolida oʻstirilardi. Ozarbayjon kulinariyasida zaʼfaron ishlatiladigan 50 dan ortiq turli taom va 10 dan ortiq shirinlik mahsuloti tayyorlanadi. Limon, zaytun, meva qoqilari, sharob, sirka, anor suvi, togʻolcha, olxoʻri, anor, turshak, magiz va boshqalar taomlarga lazzat beradi.. Ozarbayjon oshxonasida salatning alohida oʻrni bor. Yangi pomidor, bodring, bulgʻori, rayhon va kashnichdan tayyorlangan salatda sabzavotlarni juda mayda toʻgʻraydilar. Bunday salat asosiy ovqat bilan birga yeyiladi.
Ozarbayjon milliy kulinariyasida 30 dan ortiq birinchi ovqat turi mavjud. Bularga goʻshtdan tayyorlangan taomlar (piti, koʻfta-boʻzbosh, shoʻrva va b.), koʻkat va qatiqdan tayyorlangan ovqatlar (dovgʻa, ovdux, dogʻramach, balva va b.) kiradi.
Baʼzi suyuq ovqatlarning har hissasi alohida idishda (piti), baʼzilari bir necha qismi bir idishda (chuchvara, suvli xangal va b.) pishiriladi. Oddiy shoʻrvalardan farqli ravishda suyuq Ozarbayjon taomlari oʻz konsistensiyasiga koʻra quyuqroqdir, chunki bularning tarkibida, qoida sifatida shoʻrva oz miqdorda boʻladi.
Ozarbayjon suyuq taomlari Ozarbayjon milliy kulinariyasini oʻzgacha qilgan yana bir xususiyat shundan iboratki, baʼzan milliy taomlar ham birinchi va ham ikkinchi taom oʻrniga oʻtadi. Masalan, piti, koʻfta-boʻzbosh va b. Bu taomlarning avval shoʻrvasi, keyin esa shoʻrvada pishgan boshqa qismlari (goʻsht, noʻxat, kartoshka va s.) ikkinchi ovqat sifatida yeyiladi.
Ozarbayjon suyuq ovqatlarining yana bir xarakterli jihati ularda qoʻy dumbasi borligidadir. Dumba, qoida sifatida mayda toʻgʻralgan holda ishlatiladi. Milliy Ozarbayjon oshxonasida suyuq ovqatlarning tayyorlanishida tomat yoki tomat pyuresi oz ishlatiladi. Uning oʻrniga yozda yangi pomidor, qishda esa quritilgan togʻolcha va tarkibida boʻyoq moddasi boʻlgan ziravorlardan foydalaniladi.
Ozarbayjon kulinariyasida suyuq xangal, xamiroshi, umaj, gurza, chuchvara va boshqa undan tayyorlanadigan suyuq ovqatlar bor.
Yangi sutdan, achitilgan sutdan va qatiqdan tayyorlanuvchi firni, sutli siyiq, dovgʻa, kalakoʻsh, ovdux va boshqa taomlar keng tarqalgan.
Ikkinchi milliy taomlar asosan qoʻy, shuningdek, uy parrandalari goʻshtidan, guruch va sabzavotlardan tayyorlanadi. Ozarbayjonda eng koʻp tarqalgan taomlardan biri palovdir. Bu taomning 40 ga yaqin tayyorlanish retsepti maʼlumdir. Ularga masalliqning miqdori va xilidan kelib chiqib muayyan nomlar berilgan: qovurma palov, sabzi-qovurma, tovuq palov, shirin palov, sutli palov va boshqalar.
Ikkinchi taomlardan kabobni taʼkidlash oʻtish lozim: bostirma kabob, yurak goʻshtidan kabob, havaskor kabobi, jigar kabob, buyrak kabob va boshqa jaz goʻshtdan; loʻlikabob, tovakabob, shomkabob va boshqalari qiymadan tayyorlanadi. Undan tayyorlangan ikkinchi taomlardan xashil, goʻshtli xangal, yaproq xangali, qutab (goʻsht, koʻ’kat va qovoq bilan) chudu va boshqalar keng tarqalgan.
Baliqdan tayyorlangan ikkinchi taomlardan baliq kabobi, ozarbayjonsayagʻi kutum kukusi, baliq chigʻirtmasi, qiymali baliq, oʻz bugʻida va suvda pishgan baliq, qizartirilgan baliq, baliq palovi, uzunburun baliq oshi va baliq mutancimi eng keng tarqalgan taomlardir.
Umuman olganda, goʻshtdan, baliqdan, sabzavotdan va undan tayyorlanadigan ikkinchi taomlar soni 100 dan ortiqdir.
Ozarbayjon kulinariyasi taomlaridan palov, piti, loʻlikabob, lavangi va b.dunyoda mashhur.
Ozarbayjonda taomlarning dasturxonga tortilishining oʻziga xos xususiyatlari bor: odatda, avval choy, soʻngra biratoʻla ikkinchi taomlar tortiladi (ozarbayjonlar yigʻilishda, tadbirlarda va toʻyda birinchi taom tortilmaydi). Bu vaqt dasturxonda turli koʻkatlar, yangi bodring va pomidor (qish faslida tuzlangan yoki sirkaga solingan) boʻladi. Koʻpincha quyuq ovqatdan (xususan palovdan) keyin dovgʻa beriladi. Bu taomning yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi.
Ozarbayjon kulinariyasida uchinchi taom sifatida shirin taomlar istisno hollarda tatbiq etiladi va shu sababli ham ushbu taomlarning turlari chegaralangan. Shirin taomlardan firni, sujuq, tarak va quymoq koʻproq tayyorlanadi. Ozarbayjonda ovqatlanish sharbat yoki shirinlik bilan yakunlanadi.
Ozarbayjonda milliy shirinliklari Ozarbayjonning milliy shirinlik mahsulotlari uch guruhga boʻlinadi: unli, karamelga oʻxshash va konfetsifat shirinliklar.
Undan tayyorlangan shirinlik mahsulotlariga shakarbura, paxlava, shakarnon, Boku qurabiyasi, Ozarbayjon boʻtqasi, Ordubad rulet-durmasi, Qorabogʻ ketesi, Guba tixmasi, Lenkoran kulchasi, Shamaxi mutakkasi, Naxchivon paxlavasi va boshqalar kiradi. Undan tayyorlanadigan milliy shirinlik mahsulotlari 30 dan ortiq xili maʼlum. Bundan tashqari har zonaning oʻziga xos maxsus shirinlik mahsuloti bor.
Bokuda qadimdan shakarbura, Boku paxlavasi, shakar noni va boshqa shirinliklar tayyorlanadi. Sheki shirinliklarining alohida oʻrni bor. Sheki paxlavasi, pashvang, tel (ter holva), qirmabodom va boshqa mahsulotlar tayyorlanishida guruch uni, shakar, pista kukuni, sariyogʻ, tuxum oqi va qoʻshimchalar ishlatiladi.
Karamelsifat shirinlikdan Ozarbayjonda shakar-pishloq, parvarda, yongʻoq, pista va bodom goʻzinaklari, kashnichli nogʻul, yongʻoq holvasi va boshqalar tayyorlanadi.
Konfetsifat shirinliklardan roahtulhulqumi (turli qoʻshimchali), nogʻulu, shirali anjiriy, fashmayi va boshqalarni koʻrsatish mumkin.
Ozarbayjon oshxonasiga chetdan nazar Janubiy Kavkazda oshxona uchun kerakli boʻlgan xomashyoni asosan, yuksak ekinchilik va chorvachilik madaniyatiga ega boʻlgan ozarbayjonlar ishlab chiqarardilar. Gruzin olimi M. I. Tkeshelov 1888-yilda sobiq Irevan xonligi hududida yashagan ozarbayjonlar haqida yozgan: „Qishloqlarda polizchilik, ekinchilik va bogʻbonlik bilan shugʻullanadilar. Tabiiyki, tekisliklarda, yaylovlarda faqat chorvachilik bilan shugʻullanmaydilar, ozarbayjonlar asosan daryo sohillarida yashaganlari uchun ularni ekinchi xalq deb atash mumkin. Shuni aytish mumkinki, ozarbayjonlar deyarli hamma joyda daryo boʻylarida yashaydilar, holbuki armanlar faqat togʻli joylarda joylashganlar“.
E. K. Artamanov 1889-yilda Eron haqida yozar ekan, qayd qilgandi:"gʻallani koʻproq Ozarbayjon, Xuroson, Kirmonshoh, Fors, Isfaxon va Yazd ishlab chiqaradi".
G. V. Sologub 1852-yilda yozgan: „Armanlar oʻz faoliyatlarini asosan tijoratga va davlat yigʻishga yoʻnaltiradi. Ozarbayjonlar esa oʻz navbatida turar joylariga muvofiq holda oʻz faoliyatlarini ekinchilikka va chorvachilikka yoʻnaltiradilar va Kavkazortida asosiy ishlab chiqaruvchi elementdir“.
I. V. Segalov 1902-yilda qayd qiladi: „Musulmon xalqi asosan, Bozorsoy, Ayrisoy, Bargushad, Oʻqchisoy va ularning atroflarida, shuningdek Araz sohillarida yashaydilar; arman aholisi esa noqulay tabiatli togʻli yerlarda tarqoq holda yashaydilar. Arman erkaklarining katta qismi (15 yoshdan 40 yoshgacha) ehtiyoj sababli har qish Kaspiy sohillariga, Bokuga va Tbilisiga pul topish uchun joʻnatiladi. Bu yerda ularni hammolchilik xizmati, koʻcha hayoti jalb etadi. Ozarbayjonlarga kelsak, ular tekisliklarda va qulay ekinchilik sharoitida yashaydilar“.
Bu tabiiy jarayon davomida sodir boʻlgandi. Koʻchmanchi xalqlargacha barcha mahsuldor yerlarda mahalliy aholi joylashgan boʻlib, ular tomonidan foydalanilar edi. Buni arman olim G. A. Yezov ham (1908-yil) tasdiqlardi: „Yangi Vatan armanlarni unchalik yaxshi kutib olmadi, chunki erkin davlat tuproqlari juda oz edi“.