Trần Đại Quang (1956-yil 12-oktyabr – 2018-yil 21-sentyabr) – Vetnamlik siyosatchi va politsiya generali, 2016-yildan 2018-yilda vafotigacha Vyetnamning toʻqqizinchi prezidenti boʻlib ishlagan. Besh yil davomida jamoat xavfsizligi vaziri (2011–2016) lavozimida ishlagan. Kuang oʻzidan oldingi Trương Tấn Sang tomonidan prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatilgan va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan bu lavozimga saylangan. Siyosiy byuroda Kommunistik partiya bosh kotibi Nguyen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.

Biografiyasi Trần Đại Quang 1956-yil 12-oktyabrda Vyetnam Demokratik Respublikasining Nin Bin provinsiyasida tugʻilgan. Uning otasi daryoda baliq ovlovchi, onasi banan sotuvchi boʻlib ishlagan. Ularning olti farzandi bor edi, ulardan toʻrt nafari oʻgʻil edi. Otasi vafot etgan. Onasi bolalarni oʻzi katta qilgan. Trần Đại Quang onasiga dehqonchilikda yordam bergan.

Kim Son B oʻrta maktabini tugatgan.

1972-yil iyuldan oktyabrgacha Xalq militsiya maktabida oʻqiganOn May 15, 1968, the Ministry of Public Security issued Decision 514/CA/QD „Separating the Peopleʼs Police branch from the Central Police School, establishing a separate school, with the task of providing secondary training for the Peopleʼs Police force“, officially established the School Peopleʼs Police..

1975-yil oktyabrda Ichki ishlar vazirligi Chet tillar va madaniyat maktabini tugatgan.

1986-yilda Xalq xavfsizlik universitetini tugatgan.

1991-yil oktyabrda Nguyen Ai Quok akademiyasini tugatgan.

1991-1994-yillarda Xanoy yuridik universitetida oʻqigan.

1994–1997-yillarda Xo Chi Min Milliy Siyosat Akademiyasida aspiranturasi talabasi.

1996-yilda Yurisprudensiya fanlari nomzodi darajasini oldi.

2009-yilda xavfsizlik fanlari professori unvoni berilgan.

Trần Dại Quang avval 2011-2016 yillarda jamoat xavfsizligi vaziri, 2011-2014 yillarda OIV/OITS profilaktikasi qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari va 2017-2018 yillarda Vetnam Qizil Xoch jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan U Vetnam Kommunistik partiyasining 12- Siyosiy byurosining aʼzosi boʻlib, u Bosh kotib Nguen Phu Trọngdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.

Trần Đại Quang 1980-yil 26-iyulda Vetnam Kommunistik partiyasiga rasman aʼzo boʻldi. 1997-yildan Vetnam Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi aʼzosi va partiya Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.

2016-yil yanvar oyida Vyetnam Kommunistik partiyasining 12-syezdida Trần Đại Quang Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidentligiga nomzod boʻldi va 2016-yil 2-aprelda Vetnam Milliy Assambleyasi tomonidan tasdiqlandi. Oʻsha kuni Trương Tấn Sangning oʻrnini egalladi. Shu kuni Nguyễn Xuân Phucni hukumatning yangi rahbari lavozimiga taklif qildi.

Trần Đại Quang 2018-yil 21-sentyabr kuni Xanoy shahridagi 108-harbiy markaziy gospitalda 61 yoshida virusli kasallikning asoratlari tufayli vafot etdi. 27-sentabr kuni Xanoyda davlat dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Nin Bindagi qabristonga dafn etilgan„Vietnamese bid farewell to President Tran Dai Quang – VnExpress International“. VnExpress International. 28 September 2018.. Xotira marosimida Vetnamning koʻplab siyosatchilari va chet ellik taniqli shaxslar qatnashdi.

Manbalar