Bjarni Benediktsson bilan adashtirib yuborilmasin
Bjarni Benediktsson (; 26-yanvar 1970), Bjarni Ben – islandiyalik siyosat va davlat arbobi. Mustaqillik partiyasi yetakchisi. 2017-yil 30-noyabrdan Islandiya Moliya va iqtisodiyot vaziri. 2017-yil 11-yanvardan 30-noyabrgacha Islandiyaning bosh vaziri, 2013-2017-yillarda Islandiya moliya va iqtisodiyot vaziri.
Biografiyasi 1970-yil 26-yanvarda Reykyavikda tugʻilgan. Islandiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan Bjarni Benediktsson uning amakisi boʻlgan.
1989-yilda Reykyavikdagi oʻrta maktabni tamomlagan. 1995-yilda Islandiya universitetining huquq fakultetini tamomlagan. 1995-1996-yillarda Germaniyada, 1997-yilda esa AQShda malaka oshirgan. Mayami universiteti huquq fakultetida magistrlik darajasini oldi.
1995-yilda Keflavikda okrug komissari, 1997-1999-yillarda „Eimskip“ transport kompaniyasida yuridik maslahatchi va 1999-2003-yillarda „Lex“ yuridik firmasida advokat boʻlgan.
2003-yildan beri Shimoliy-Gʻarbiy saylov okrugidan Alting aʼzosi. 2003-2007-yillarda Umumiy masalalar boʻyicha qoʻmita, 2007-2009-yillarda esa Xalqaro aloqalar qoʻmitasini boshqargan.
2009-yil mart oyida Geir Haarde oʻrniga konservativ Mustaqillik partiyasini boshqargan. Uning rahbarligida partiya 2013-yil 27-aprelda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida va 2016-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida gʻalaba qozondi. 2017-yilgi navbatdan tashqari parlament saylovlarida partiya parlamentdagi 5 oʻrinni boy berdi.
Yangi koalitsiya kabinetini shakllantirishda Sigmundur David Gunnlaugsson (Progressiv partiya) 2013-yil 23-mayda Islandiya moliya va iqtisodiyot vaziri portfelini oldi.
2016-yilning 2-noyabrida Islandiya prezidenti unga hukumat tuzish vakolatini berdi. Biroq koalitsiya tuzish boʻyicha muzokaralar natija bermadi va toʻxtatildi. Dekabr oyining ikkinchi yarmida u yana hukumat tuzish mandatini oldi. 2017-yil 11-yanvardan 30-noyabrgacha Islandiya bosh vaziri. Uning ushbu lavozimdagi asosiy qarorlaridan biri Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishining toʻxtatilishi edi. 15-sentyabr kuni „Yorqin kelajak“ partiyasi Islandiyada qabul qilingan „sharafni tiklash“ tartib-qoidasi bilan bogʻliq janjal fonida koalitsiyani tark etdi. Gap shundaki, ogʻir jinoyati uchun jazo muddatini oʻtagan shaxs, agar yaqin atrofidan kimdir tavsiyanoma yozib, kafolat bersa, normal hayotga qaytishi va ishga joylashishi mumkin. Bosh vazirning otasi Benedikt Sveynsson sudlangan pedofilga nisbatan tavsiyanoma yozgan va bu 2017-yilning yozida ommaga maʼlum boʻlgan. 16-sentyabr kuni Islandiya prezidenti Bosh vazirning isteʼfosini qabul qildi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar