Vyetnam urushi (; Ikkinchi Hindixitoy urushi nomi bilan ham tanilgan) 1955-yil 1-noyabrdan to Saygon qulagunigacha, yaʼni 1975-yil 30-aprelgacha Vyetnam, Laos va Kambodja davlatlarida boʻlgan mojarodir. Bu urush Hindixitoy urushlarining ikkinchisi boʻlib, rasmiy ravishda Shimoliy Vyetnam va Janubiy Vyetnam oʻrtasidagi urush hisoblanadi. Shimoliy Vyetnam Sovet Ittifoqi, Xitoy va boshqa kommunistik ittifoqchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan bo'lsa, Janubiy Vyetnam esa AQSh, Janubiy Koreya, Filippin, Avstraliya, Tailand va boshqa antikommunistik ittifoqchilar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Manbalar
Turkum:Vyetnam