„Spider-Man: Homecoming“ (oʻzbekcha manbalarda „Oʻrgimchak odam: Uyga qaytish“ oʻlaroq maʼlum) — 2017-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi oʻn oltinchi kinokartina. Marvel Comics komikslaridagi Oʻrgimchak odam personajiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Sony Pictures Releasing tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Jon Watts rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Tom Holland, Michael Keaton, Jon Favreau, Gwyneth Paltrow, Zendaya, Donald Glover, Jacob Batalon, Laura Harrier, Tony Revolori, Bokeem Woodbine, Tyne Daly, Marisa Tomei va Robert Downey Jr. ijro etgan.

Film premyerasi 2017-yilning 28-iyunida Gollivudda boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $880million mablagʻ toʻplab, 2017-yilning oltinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning ikkita sikveli bor: „Spider-Man: Far From Home“ (2019) va „Spider-Man: No Way Home“ (2021).

Rollarda Tom Holland — Peter Parker / Oʻrgimchak odam Michael Keaton — Adrian Toomes / Vulture Jon Favreau — Happy Hogan Gwyneth Paltrow — Pepper Potts Zendaya — Michelle Donald Glover — Aaron Davis Jacob Batalon — Ned Laura Harrier — Liz Tony Revolori — Flash Bokeem Woodbine — Herman Schultz / Shocker Tyne Daly — Anne Marie Hoag Marisa Tomei — May Parker (Peterning xolasi) Robert Downey Jr. — Tony Stark / Temir odam

Manbalar

Havolalar Marvel.com saytida Sony Pictures saytida

Turkum:2017-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Oʻrgimchak-odam haqidagi filmlar Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:2017-yil 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Jon Watts filmlari