Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi () 2001-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir. Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Uzuklar ittifoqi nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining ilk qismidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina sikvellari Ikki qalʼa (2002) va Qirolning qaytishi (2003) filmlaridir. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a haqida 235 maqola yigʻilib, ulardan 91 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Koʻzni qamashtiruvchi maxsus effektlarga boy va benuqson aktyorlar jamoasiga ega boʻlgan Uzuklar hukmdori: Uzuklar ittifoqi J.R.R. Tolkien klassikasidan to yorqin hayotgacha boʻlgan sahnalarni taqdim etadi.“

Syujeti

Oʻrta dunyoning ikkinchi asrida, elflar, gnomlar va insonlar hukmdorlariga Qudrat uzuklari beriladi. Ulardan bexabar holda, qora lord Sauron Oʻrta dunyoni ishgʻol qilish va qilgan boshqa uzuklar ustidan hukmronlikni qoʻlga kiritish maqsadida Doom togʻida qudratining katta qismi jamlangan „Bir uzuk“ni yasaydi. Insonlar va elflardan iborat soʻnggi ittifoq Mordorda Sauronning qoʻshini bilan jang qilishadi. Gondorlik Isildur Sauronning barmogʻini uzuk bilan birga uzib tashlaydi, shu bilan Sauron yengiladi va ruh shakliga qaytariladi. Sauronning ilk magʻlubiyati bilan Oʻrta dunyoda uchinchi asr boshlanadi.

Rollarda Rol Aktyor Oʻzbekcha dublyajFrodo Baggins Elijah Wood Abdulhay OtaxoʻjayevGandalf Ian McKellen Muhammadjon XoʻjayevSamwise „Sam“ Gamgee Sean Astin Elbek MirzohidovAragorn Viggo Mortensen Theoden Bernard Hill Hoshim Arslonov Boromir Sean Bean Legolas Orlando Bloom Peregrin „Pippin“ Took Billy Boyd Elbek MirzohidovGimli John Rhys-Davies Hoshim Arslonov Saruman the White Christopher Lee Hoshim Arslonov Sauron Sala Baker Hoshim ArslonovElrond Hugo Weaving Lord Celeborn] Marton Csokas Galadriel Cate Blanchett Arwen Liv Tyler Bilbo Baggins Ian Holm Lurtz Lawrence Makoare Barliman Butterbur David Weatherley Gatekeeper va Bree Martyn Sanderson Lobeila Sackville-Baggins Elizabeth Moody Albert DrearyPeter Jackson (kameo)

Musiqasi Treklar roʻyxati

Mukofot va nomzodliklari ;Oscar 2001 — Eng yaxshi kinematograf 2001 — Eng yaxshi vizual effektlar 2001 — Eng yaxshi musiqa (Howard Shore) 2001 — Eng yaxshi makiyaj

Sikvellari Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a

Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a filmi premyerasi New York shahridagi Ziegfeld kinoteatrida 5-dekabr 2002-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 18-dekabr 2002-yildan, Yangi Zelandiyada esa 19-dekabr 2002-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $947 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2002-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa oʻttizinchi eng kassabop film boʻldi.

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

Manbalar

Havolalar

*1 Turkum:2001-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Yangi Zelandiya filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari